Mavzu: ozuqaviy moddalarning tanadagi fiziologik ahamiyati va ularning organizmda hazmlanish



Yüklə 128,42 Kb.
səhifə3/20
tarix30.12.2023
ölçüsü128,42 Kb.
#167170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mavzu ozuqaviy moddalarning tanadagi fiziologik ahamiyati va ul-fayllar.org

Mineral moddalar hayvon organizmining barcha organ va to‘qimalari tarkibiga, sut, tuhum va junlar tarkibiga kiradi. Ko‘pgina mineral moddalar yosh hayvonlarning o‘sishi, sog‘ligini ta’minlash uchun o‘ta zarurdir. Ozuqalar tarkibida mineral moddalar turli birikma shaklida bo‘ladi. Ishqoriy elementlar ko‘pincha organik va mineral kislotalar, tuzlari shaklida, ma’lum bir miqdor fosfor, oltingugurt, kremniy, temir, magniy va boshqa elementlar organik moddalar (oqsillar, yoglar va uglevodlar) tarkibida bo‘ladi. O‘simlik ozuqalarida kul miqdori odatda 5% oshmaydi. SHo‘rlangan erlardan olinganlarida esa 10-12% atrofida bo‘lishi lozim.
Mineral modda o‘simlik tarkibida bir hil joylashmaydi, poyasi va bargida, doni va ildiziga nisbatan 2 marta va undan ziyod bo‘ladi. Kul donning ichki qismiga nisbatan tashqi qismida ko‘proq bo‘ladi. Dukkakli o‘simliklarning urug‘i va o‘sadigan qismida kalsiy miqdori boshoklilarga nisbatan 4-6 marotaba ko‘p bo‘ladi. Ildizmevaliklar kulida kaliy ko‘p bo‘lib kalsiy va fosfor kam bo‘ladi. Kepak, kunjara va shrotlarda fosfor ko‘p bo‘lib kal’siy kam bo‘ladi.
Hayvon tanasida ham ozuqalardagi elementlar mavjud, ammo ular boshqa nisbatda uchraydi, tanasining kuli, ko‘k o‘t kuliga nisbatan natriy va kaliyni kam saklaydi, lekin kal’siy va fosforga boy bo‘ladi. Hayvon tanasi kulida kal’siy va fosfor 50 % atrofida bo‘lsa, o‘simlik kulida 13 % bo‘ladi. Ozuqalarning to‘yimliligini belgilaydigan asosiy moddalar organik moddalardir. Ozuqalar tarkibidagi protein oqsillardan va amidlardan tashqil topgan bo‘ladi. Oqsillar - oziqlantirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Organizmda kechadigan barcha xayotiy jarayonlar oqsil bilan bog‘liqdir. CHunki fermentlar, garmonlar, pigmentlar, immunitetlar tarkibining asosini tashkil etadi. Ozuqalar tarkibida oqsillarning miqdori 3-90 % gacha buladi. Kunjara va shrotda 30-40%, dukkaklilar donida 25-30%, dukkaklilar pichanida 12-15%, boshoqlilar doni va pichanida 8-12 %, boshoqlilalr poxolida 4- 6%. Ayniqsa hayvonot dunyosidan kelib chiqgan ozuqalar ichida go‘sht va qon unlarida 70-90% gacha oqsil bo‘ladi.
Oqsillar asosan aminokislotalardan tashqil topgan bo‘lib organizmda ular bajaradigan funksiya bir hil emas. Ayrim turdagi aminokislotalar: lizin, triptofan,
gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, metionin, valin, argininlar organizm tomonidan sintez kilinmaydi. Bu aminokislotalar o‘rin almashmaydigan aminokislotalar deb aytiladi va ular organizmga ozuqalar bilan etkazib beriladi. Bu aminokislotalar etishmasa mahsuldorlik pasayib umumiy modda almashinuvi buziladi.
Kavshovchi hayvonlarda etishmaydigan aminokislotalarning ma’lum bir qismi organizmda mikroblar tomonidan sintez kilinishi ham mumkin. Bir kamerali oshqozonda ega bo‘lganlarda esa bunday xususiyat yuk.
Aminokislotalar ichida serin, prolin, asparagin kislotasi, glitsin, glutamin kislotasi, alanin, sistin, tirozinlar o‘rin almashadigan aminokislotalar deyiladi va organizmda azotli birikmalardan sintez ham qilinadi.
Amidlar - bu oqsilsiz azotli birikma bo‘lib, erkin aminokislotalardan, ammoniy tuzlaridan, nitrat va nitritlardan tashqil topgandir. Amidlar miqdori ayniqsa fotosintez jadal ravishda kechayotgan yosh o‘simliklarda yuqori bo‘ladi. Ildiz mevaliklar va kartoshka tarkibidagi proteinning yarmini amidlar tashqil etadi va saqlash muddatining oshishi bilan ko‘payadi.
Ozuqaviy qiymati barcha azotli birikmalarda bir hil emas. Bundan kavshovchi hayvonlar yaxshi foydalanadi, bir kameraliklarda bunday xususiyat yo‘q.
Ayrim o‘simiklarda va ozuqalarda amidlar tarkibida hayvonlar uchun zaxarli bo‘lgan, azot saqlaydigan glyukozidlar ham uchraydi. Bunday ozuqalar hayvonlarga berilmaydi yoki maxsus ishlov berilgandan so‘ng beriladi.

Ozuqalar tarkibida ortiqcha berilgan protein organizmda energiya manbai sifatida va zahira yog‘ hosil bo‘lishida foydalaniladi.



Yüklə 128,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə