Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-ahloqiy qarashlari Abu Nasr Forobiy (873 - 950)



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə17/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-ahloqiy qarashlari Abu Nasr Forobiy (873 - 950)
O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti Haqidagi ta’imoti ta’lim – tarbiya soHasida katta aHamiyatga ega. Mashhur YUnon faydasufi Arastudan keyin SHarqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarhon al-Forobiy) Hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda Harbiy Hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda boshlang’ich ta’limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi Haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy Ham ilm olish istagida Bag’dodga jo’naydi. Bag’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan soHalarini o’rganadi. Masalan, unga YUnon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn YUnus), tibbiyot va mantiqdan YUhanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, Huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi Haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim Hisoblanadi.
Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy taHminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. SHaHar chekkasidagi bog’da qorovul bo’lib ishlaydi va faqirona Hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug’ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda Ham bo’lgan. So’ng yana Damashqga qaytib, shu erda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag’ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko’ra Abu Nasrning Hikmat falsafani o’qishiga bir kishi sabab bo’lgan ekan. O’sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu erda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo’yib ketgani sabab bo’lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko’zi tushib, ularning Abu Nasrning ko’ngliga ma’qul bo’lib qoladi va o’qishga kirishadi natijada etuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan Ham Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta Hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha soHalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli soHalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baht – saodatga erishuvi uchun ularni bahtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak deydi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə