Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə13/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaning tarixiy tajribasini, jahon madaniyatini rivojlanishi (tsivilizatsiyasi, ya’ni tamadduni)ni hozirgi zamon bilan, har bir xalq madaniy va pedagogik fikrlari taraqqiyotini butun insoniyatning tsivilizatsiyasi
(tamadduni) bilan uzviy bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Pedagogik-tarixiy hodisalar, g’oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va harakteri pedagogika tarixi fanini talabalar tomonidan oson o’zlashtirishiga imkon yaratadi.
Taniqli pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha, O’zbekistonda pedagogika tarixini yaxlit, yagona madaniy, pedagogik tarixiy jarayon sifatida yoritish uchun shartli ravishda quyidagicha beshta davrga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq:

  1. Qadimgi zamonlardan arablar istilosigacha (VII asrgacha) bo’lgan davr.

  2. VIII asrdan XIX asr o’rtalarigacha – Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinguncha o’tgan davr.

  3. XIX asrning 60-yillaridan XX asr boshlarigacha o’tgan davr.

  4. 1917-20 yillardan (oktyabr inqilobidan) 1991 yilgacha o’tgan davr.

  5. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan va hozirgi kunda

pedagogik-tarixiy rivojlanish davri.1
2-savol bayoni
Pedagogik fikrlar va g’oyalar rivojining tarixi
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Zero, tabiatning oliy mahsuli inson paydo bo’lishi tabiatning hodisalari, jarayonlarini o’rganshi, ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sekin – asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida pedagogik g’oyalar shakllana va rivojlna boshlagan.
Antik davrlarda ta’lim-tarbiya yoshlarga ota-onalarning yashash uchun tabiat ne’matlaridan foydalanish, uy-ro’zg’or yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshalagan bo’lsa, bilimlar xajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlagan. Ma’lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta’limtarbiya qoidalari majmuasi kontseptsiyalar alohida kishilar (ya’ni kohinlar yoki oqsoqollar) tomonidan takomillash-tirilgan. Shuning uchun ta’lim-tarbiya kontseptsiyalari ko’p hollar-da ma’lum bir shaxs (muallif)ning nomi bilan bog’lanmaydi.
Antik pedagogikda tabiatga, atrof-muhatga o’zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda donishmandlik, mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlanishi g’oyasi ilgari surilgan. Bu pedagogik g’oyalarning shakllanishi va rivojlanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto” (er.av.VII asr) da va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. Av. Sh asr) namoyandalir pedagogik tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib qadimgi Sharq va Hindiston pedagogikasida insonning ma’naviy – axloqiy sifatlari va amaliy kasbiy faolligi bilan bog’liq sog’lom e’tiqod, mehnatsevarlik, sofdillik, saxiylik, insoniylik kabi shaxsning barkamollik g’oyalari ilgari surildi.
Islom ta’limoti, Qur’oni Karim va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ilmida ilgari surilgan zoxiriy va botiniy ilmlarning mazmun – mohiyatini, insonning ma’naviy barkamollik sifatlarini to’g’ri anglash ta’lim-tarbiyaning metodologik asoslarini to’g’ri tanlashga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, antik falsafa (pedagogi-ka)da ham Demokrit,
Platon, Aristotel (Arastu)asarlarida ham zohriy va botiniy ilmlar uyg’unlikda insonparvarlik g’oyalari ilgari surilgan edi.
Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad al-farg’oniy asarlarida ilmiy bilish va fan uzviyligi, shuningdek, ta’limda amaliy faoliyat ustuvorligi g’oyalari ilgari surildi. XIII – XIV asarlarda Shayx Najmiddin Kubroning Kubroviya ta’limotiga asos bo’lgan o’nta bosqichlar (tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, tavajju, sabr, murokaba, zikr, rizo)ni, ustozlar tanlagan yo’lning shogirdlarva kamolotidagi dunyoviy ilmlarni bir-biriga uyg’un bog’lashga bo’lgan urinish Hazrati Abduholiq G’ijduvoniy zikri Xufiya, ya’ni Alloh taol tomonidan ato qilingan ilm (“ilmi laduniy”)2ni egallash qoidasi va tartibini amaliy tushuntirib bersa, uning sadoqatli shogirdi Bahouddin Naqshbandiy tariqatlarida mehnatsevarlik, o’z qo’l kuchi bilan halol luqma tpomoq ko’ngil esa Alloh Taolo yodi bilan bo’lmoqqa asoslangan: “Dil ba yoru dast ba kar!”, ya’ni “Ko’ngil yor (Alloh) yodi bilan, qo’l esa ish bilan band bo’lsin”, degan g’oya butun musulmon olamiga mashhurdir.
Mirzo Ulug’bek ta’lim nazariyasida tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish g’oyasini ishlab chiqdi, bu g’oyani amalda tadbiq qilib maktab va madrasalar, rasadxona va kutubxonalar ochdi va dasrliklar yozdi.
Umuman olganda, XV-XVI asrlarda Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurazzoq
Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar ma’rifiy va insonparvarlik g’oyalarini ilgari surishdi.
XVII-XVIII asrlarda Abulg’oziy, Nodira, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Uvaysiy, Berdaq, So’fi Olloyor asarlarida inson aqlini yuksakka ko’tardi va uning qobiliyatiga ishongan holda ma’rifiy – pedagogik g’oyalar o’z aksini topgan.
XIX-XX asrlarda Dilshod otin, Anvar otin, Ahmad Donish, Furqat, Avaz O’tar o’g’li, Mahmudho’ja Behbudiy, Hamza, Abdulla Avloniy va boshqalar “usuli jadid” ya’ni “yangi usul” maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini uyg’unlikda amalga oshirish g’oyasini ilgari surishdi.
Shunday qilib, o’zbek pedagogikasi tarixi turli davrlardagi g’oyalar, ma’rifiy – pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari asosida rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida pedagogika tarixi fani zamonaviy kontseptsiyasini yaratish va yanada takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” (Safo Ochil); “Pedagogika” (R.Mavlonova, O.To’raeva, K.Xoliqberdiev); “Pedagogika tarixi” (K.Hoshimov, S.Nishonova,
M.Inomova, R.Hasanov); “Pedagogika tarixi” (O.Hasanboeva, J.Xasanboev, H.Hamidov);
“O’zbek pedagogika tarixi” (p.f.d. prof. Asqar Zunnunovning umumiy tahrir ostida), “O’zbek pedagogikasi antologiyasi (K.Xoshimov va boshqalar) kabi darslik, o’quv qo’llanmalari, shuningdek, N.Saidahmedov, Sh.Qurbonov va R.Ahliddinovning ilmiy pedagogik monografiyalari va maqolalarida pedagogik texnologiya tarkibiy qismlari, shaxs va milliy modelning uzviyligi, DTSning ijtimoiy mohiyati bilan bog’liq masalalarning yoritib berilishi pedagogika tarixi fanida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqining tarixiy – pedagogik merosni ommalashtirishga, yoshlarda milliy g’ururni va milliy ma’naviyatni o’stirishga, shuningdek, talabalarni jahon pedagogika fani rivojlanish tarixi, qardosh hamdo’stlik davlatlari mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
Shubhasiz, bu o’quv qo’llanmalari pedagogika tarixi fanini o’rganishda talabalar uchun foydali bo’lib, O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining tarixiy-pedagogik merosini hamda Rossiya va Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyotini bilib olishga imkon yaratadi. Lekin bu o’quv qo’llanmalari ham mazmuni va qurilishi jihatidan an’anaviy usulda yozilgan.
Ma’lumki, mustaqillik zaminida vujudga kelgan ma’naviy –ma’rifiy va ta’lim sohasidagi yangilanish markazida milliy g’oya, miliy mafkura, kadrlar tayyorlash milliy modeli va milliy tarbiya asosiy o’rinni egallaydi.
Ma’lumki, g’oya – insonlarga kuchli ruhiy ta’sir ko’rsatuvchi, ularni harakatga keltiruvchi fikrdir. Fikr esa inson miyasini mahsuli.
Mafkura (arabcha “mafkura” – nuqtai – nazarlar va e’tiqodlar tizimi va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmuidir.
Milliy mafkura – xalqimizning ma’naviy – ilmiy mentaliteti, g’oyalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo’li, davlatga, jamiyatga, olamga, o’z-o’ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir.
Insoning ma’naviy barkamolligi amaliy – kasbiy faolligi bilan uyg’unlashganda shaxsning barkamollik sifatlari tabiiy shakllanadi, rivojlanadi. Aynan ana shu tushunchalarni to’g’ri anglash pedagogika tarixining metodologik asoslarini to’g’ri tanlashga yordam beradi. Pedagogika tarixining metodologik va pedagogik merosimizga hurmat bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog’lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashini shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va va olijanob shaxslar bo’lib ulg’ayadi. Mafkuraviy dunyoqarash va milliy g’oyalar shunday e’tiqod asosida shakllanadi.
Milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish milliy urf-odat va an’analarimizning, oila va mahallalarning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalarning o’rni juda salmoqli bo’lib, bu ham pedagogika tarixi fani oldiga ulug’vor vazifalarni qo’yadi. Qanday usullar, vositalar va yo’llar bilan ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish lozimligini pedagogik bilimlar belgilab beradi.
U yoki bu pedagogik kontseptsiyalar ta’limotlarni tavsiflaganda pedagogik fikr rivojlanishini kishilik jamiyatining taraqqiyoti tarixi bilan uzviy aloqada bayon etish lozim. Xuddi shu bois ham, pedagogik fikrlar va g’oyalar rivojining tarixi hamda ta’limtarbiyani hozirgi zamon ta’lim-tarbiya kontseptsiyasi asosida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan maqsad ta’lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirishning natijasi, mahsulasi orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchan, kuchli irodali, ishchan, g’oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirishdan iboratdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə