Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə11/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Kalit so’zlar: tarbiy, ta’lim, pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik fikr, davrlashtirish, yozma manbalar.
1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika tarixi fani predmeti – mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’limtarbiyaning jahon xalqlari pedagogik-tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganishdan iboratdir.
Pedagogika tarixi fanining maqsadi – qadimgi O’rta Osiyo hududida, shuningdek, dunyoning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar taraqqiyotini, buyuk Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar shoirlari hamda jadidlarning ta’lim-tarbiya nazariyasiga qo’shgan hissalarini, mustaqillik davrida zamon va makon talabiga javob beruvchi milliy maktab va milliy pedagogikani rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslarini yaratish qonuniyatlarini o’rganishdan iborat. Zero, boshqa ijtimoiy hodisalar singari ta’lim-tarbiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi ham ma’lum ob’ektiv qonuniyatlar asosidi sodir bo’ladi.
Pedagogika tarixi fani vazifalaridan biri ana shu ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Ma’lumki, ijtimoiy fanlarning qonuniyatlari ham ob’ektiv harakterga ega. Ular ma’lum joyda, mamlakatda ayrim kishilar tomonidan ochilishi, kashf etilishi mumkin. Lekin bu ob’ektiv qonuniyatlarning ta’sir doirasi juda keng bo’ladi, ayrim millat, mamlakat, mintaqa doirasi bilan cheklanmaydi. Bu fan erishgan yutuqlar ham butun insoniyatga foyda keltirishi lozim.
Pedagogika tarixi fanining ilmiy-nazariy, ijtimoiy-amaliy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini umuminsoniy va milliy, ijtimoiy hodisa sifatida, shuningdek, jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlari bilan bog’liq holda o’rganish;

  • ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni shakllarini jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan bog’liq holda yoritish;

  • o’tmishda pedagogika ilmi va ta’lim-tarbiya sohasi orttirilgan ijobiy tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullarini ko’rsatib berish;

  • ijtimoiy-pedagogik fikrlar taraqqiyotining har bir bosqichida O’rta Osiyo hududida va jahonning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar rivojlanishini va ta’limtarbiya holatini tarixan haqqoniy tasvirlash;

  • pedagogik-tarixiy bilimlar – bo’lajak iqtisodchi pedagoglarning milliy, tarixiy, ma’naviypedagogik ongini shakllantirishga faol ta’sir etishini nazarda tutish va h.k.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə