Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə7/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi:

      1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

      2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:

        1. anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

        2. anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo’lmasligi kerak;

        3. anketa savollari o’quvchilarning dunyoharshi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

        4. anketa savollari respondentlar tomonidan to’la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

        5. anketa o’quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;

        6. anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi

shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o’tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni
tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: o’quv mashg’ulotlarining jadvali, o’quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o’quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig’ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash harorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o’quvtarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o’quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo’nalishlarda o’quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi, ilg’or pedagogik tajribalar mazmunini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə