Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə8/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat:
1)ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo’q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar). 3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o’z yondashuvlariga ko’ra to’g’ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo’llashda aniqlanishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o’z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi. Mazkur metod o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:

  1. fan olimpiadalari;

  2. turli mavzulardagi tanlovlar;

  3. maktab ko’rgazmalari;

  4. festivallar;

  5. musobaqalar. Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi.

Muayyan muammo echimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;

    1. tadqiqot ob’ektlari vv usullarining to’g’ri tanlanishi;

    2. tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;

    3. zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;

    4. tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.

Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiymetodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko’virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə