Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə4/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Etika (axloqshunoslik) – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.

  • Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

  • Fiziologiya – o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.

  • Gigiena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.

  • Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

  • Tarixpedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.

  • Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

  • Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etish ga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.

  • Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning

    jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o’rganadi.


    1. Yüklə 1,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə