Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə60/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish


Mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim-tarbiya va oila tarbiyasini tashkil etishda ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. Mavjud sharoitda oilada bolalar tarbiyasini tashkil etishda muayyan qiyinchiliklar ko’zga tashlanmoqda. Bular quyidagilardan iborat:

  1. ota-onalarning pedagogik bilimlardan etarli darajada xabardor emasliklari;

  2. o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi;

  3. zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi;

  4. axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi;

5.o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi;
6.noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar. Oilaning farzandlar o’quv faoliyatiga g’amxo’rlik qilishi tarbiyadagi bosh masalalardan biridir. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayonida bilimlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari yo’lida mas’uliyatni chuqur his etishlari zarur.
Ota-onalarning bu borada quyidagilarga rioya etishlari maqsadga muvofiqdir:

  1. bolalarning mashg’ulotlarga kechikishlari va uyga o’z vaqtida qaytmasliklariga yo’l qo’ymasliklari;

  2. ularning dars tayyorlashlari uchun uyda qulay sharoitni yaratib berishlari;

  3. bolalarda uy vazifalarini bajarishga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni qaror toptirishlari;

  4. bolalarga o’quv topshiriqlarini bajarish hayotiy zaruriyat ekanligini uqtirishlari, vazifalarni mustaqil, vijdonan bajarish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga ko’maklashishlari;

  5. bolalarning kun tartibiga amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga e’tibor qaratishlari; 6) bo’sh vaqtdan unumli foydalanishlarini nazorat qilib borishlari.

Oilada bola tarbiyasiga ijodiy yondashish, bolalarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga erishish ularning shaxs sifatida to’laqonli shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega. Nazorat uchun savollar:
1.Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari nima?

  1. Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari deganda nimani tushunasiz?

  2. Ijtimoiy pedagogning etik majburiyatlari.

  3. Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modellar?

5.Pedagogik va Ijtimoiy pedagogik kategoriyalarning o`xshashligi va farqi nimada?
6.Sharq mutafakkirlarining oila va farzand tarbiyasini yo’lga qo’yish borasidagi qarashlarida qanday g’oyalar ilgari suriladi?
7.O’zbekiston Respublikasida oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ularning moddiy farovonligini oshirish yo’lida qanday qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
8.Oila tarbiyasi borasidagi mavjud muammolar nimalardan iborat?
9.Oilada qanday tarbiya beriladi? 10. Ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning fanda tutgan o`rni qanday?
11.Oilaviy munosabatlar haqida tushuncha bering.
12.Oilada bolaga jinsiy tarbiya necha yoshdan beriladi?
13.Oiladagi muammolarni to’g’ri hal qilishning yo’llarini ishlab chiqing.
14.Oilada kimning ta’siri kuchliroq bo’ladi?
15.Sog’lom oila deganda qanday oilani tushunasiz?
16.Nima uchun hozirgi kunda yosh oilalarda ajrimlar ko’plab uchrab turibdi? Sizning shaxsiy fikringiz?

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə