Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə102/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

11-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
Asosiy savollar:
1.Pedagogik diagnostikaning predmeti, mohiyati, asosiy vazifa va kategoriyalari.
2.O’quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi
3.Ta’lim olganlikni tashxis qilish.
Darsning maqsadi: O'quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari.Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yiladigan talablar. O'quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlarini o’rganish.
Kalit so’zlar: pedagogik diagnostika. pedagogik jarayon, о qitishni jadallashtirish. о 'z-o zini diagnostikalash, diagnostikaning fimksiyalari, pedagogik faoliyat. pedagogik diagnostikaning ob ekiivligi, qiyinchiliklami о 'rganish.
1.Pedagogik diagnostikaning predmeti, mohiyati, asosiy vazifa va kategoriyalari
Diagnostika - {yunon tilida: «dia» — «shaffof», «gnozifi»-«bilim» degan ma'noni bildiradi)
o’rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon togrisida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo’lib xizmat qiladi.
«Pedagogik diagnostika» atamasi birinchi bor 1968 yili nemis olimi Karlxaynts Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi. Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta'lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta'linv-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ulaming ozgarish dinamikasi xam kuzatiladi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi.
O'quv-tarbiyaviy jarayonni optimallashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik diagnostika har bir rejali o'quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, o'quvchi materialni qanday o'zlashtirayotganini doimo kuzatib borishga, tarbiyaviy jarayondagi muammolaming yechimini topishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika yordamida o'quv - tarbiyaviy jarayonda tug'iladigan qiyinchiliklar o’rganiladi, ulami bartaraf etish yo’llari tashkil etiladi.
Agar diagnostika (tashxis)ning ahamiyatini tibbiyot sohasi nuqtayi nazaridan qarasak, kasallik, uning belgilari va uni kelib chiqish sabablari to'g'ri aniqlansa, davolanish natijasida bemoming tuzalib ketishiga imkon yaratiladi Xato diagnoz esa faqat shifokorlaming harakatini yo'qqa chiqarib qolmay, kasalning tuzalish imkoniyatini ham susaytirishi mumkin. Tana salomatligi to'g'risida aytilgan shu fikrlar ruhiy sog'liqqa ham xuddi shunday aloqadordir. Shuning uchun diagnostika yuksak malaka va javobgarlikni talab qiladigan faoliyatdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə