Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


-MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə110/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

12-MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI
Asosiy savollar:
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog’i sifatida.
2.Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.
3.Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko’rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
4. Inklyuziv ta’lim va uning o‘ziga xosliklari.
Darsning maqsadi: Ta’lim oluvchilarda defektologiya fanining maqsad va vazifalarini, shuningdek, shuningdek, defektologiya fanining tarmoqlari, hozirda mustaqil fan sifatida surdopedagogika, tiflopedagogika, oligafrenopedagogika va logopediya fanlarining mazmunmohiyatini ochish
Kalit so’zlar: Korreksiya, nuqson, kamchilik, defektologiya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya, insonparvarlik, anomal bolalar, ijtimoiy adaptatsiya, bolani dinamik o’rganish, ijtimoiy reablitatsiya
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog’i sifatida.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman
e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi4.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə