Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


O’qituvchining diagnostik faoliyatidagi maxsus kompetensiyalar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə106/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

O’qituvchining diagnostik faoliyatidagi maxsus kompetensiyalar:

  • Faniga doir maxsus metodlami bilish;

  • Ta’limni tabaqalashtirish;

  • O’quvchilar ehtiyojini bilish;

  • Turli yosh xususiyatlarini bilish;

3.Ta’lim olganlikni tashxis qilish
O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o’quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim
Bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak

  1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

  2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o’stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o’z bilim, iqtidor va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg’onadi.

  3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o’quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.

  4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quv materiali yanada chuqur o’zlashtiriladi.

  5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.

6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o’zgarishlarining me’yori aniqlanadi.
Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og’zaki so’rash orqali o’zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so’rash, frontal surash kabi turlari qo’llaniladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə