|
 Korrektsiyon (maxsus) pedagogika axmedova Farida Abdullayeva Nargiza
|
səhifə | 1/4 | tarix | 23.06.2022 | ölçüsü | 0,7 Mb. | | #89983 |
| maxsus pedogogika Axmedova Abdullayeva Axmedova Farida soliq va soliqqa tortish, Ma\'ruza matni KORREKTSIYON (MAXSUS) PEDAGOGIKA REJA: 1. Korrektsion pedagogika maqsad va vazifalari. 2. Rivojlanishdagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash ularning sabablari va omil. Tabbiy ziddiyat (konflikt)larning o’ziga xos xususiyati. 3. Anomal o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Bola rivojlanishidagi nuqsonlar diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari. Rivojlanishda turli nuqson (kamchliklar)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedogogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektalogiya – yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikga ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlarga asoslangan, salomatlik imkonyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsni rivojlantirish jarayonlarini boshqarish mohiyati, qonunyatlarini o’rganuvchi fan.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman ehtirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada “defektalogiya” tushunchasi qo’llanib kelgan.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (narmal) va ( mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari: . Rivojlanishda turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion – kompensatorli imkonyatlarni aniqlash: . Differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish: .anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish: .rivojlanishda anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy ishlab chiqish: . Bolalarnida rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish:
Dostları ilə paylaş: |
|
|