Korrektsiyon (maxsus) pedagogika axmedova Farida Abdullayeva Nargiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/4
tarix23.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89983
1   2   3   4
maxsus pedogogika Axmedova Abdullayeva

Rassiya korrektsion pedagogikasi tarixi Yevropa defektalogik fani bilan uzviy bog’liq. Petr I, Yekaterina II lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari, mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar. 19 asr oxiri 20 asr boshlarida anomal bolalarni o’qitish va tarbiyalash yo’lga qo’yuvchi ko’plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq sho’ra davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bog’liq muammolarni o’rganishga alohida etibor qaratildi.

1918 – yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o’qitish va tarbiylashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shu yili Rossiyada birinchi maxsus ta’lim – taribiyalash muassasasi (V. P. Kashenko uyi ) tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika ( defektologiya )ning rivojlanish tarixi rassiya defektalogiyasi fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ega.

O’tgan asrning 60 – 70 yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektalog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan , 1967 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan tayyorlash yo’lga qo’yildi. Rivojlanishda muammolari bo’lgan bolalarda jismoniy va psixik kamchiliklar ( nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishishlarning sodir bo’lishiga sabab bo’ladi.

Bolaga korrektsion ta’sir ko’rsatishning samaradorligini mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarning buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o’rnini to’ldirishga imkon beruvchi qobilyat, tibbiy – pedagog ta’sir ko’rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarning mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning malum guruhi faqat psixologik – pedagog ta’sirga muhtoj bo’lsalar boshqa guruhlari ularga esa davolash – sag’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə