Mavzu: pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy – tadqiqot metodlari


Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə8/9
tarix11.12.2023
ölçüsü239,5 Kb.
#144312
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy – tadqi

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi


Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`lim- tarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi.
Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.
Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.

Eksperiment-tajriba sinov metodi


"Eksperiment"so`zi lotincha "sinab ko`rish", "tajriba qilib ko`rish" ma`nosini anglatadi.
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi.
O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:

  1. tabiiy eksperiment;

  2. laboratoriya eksperimenti;

  3. amaliy tajriba.

Pedagogik eksperiment o`z mazmuniga ko`ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi.
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:

  1. ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.

  2. ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob`ekt belgilash, amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.

  3. tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.

  4. tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;

4) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.

Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə