Mavzu: Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi sherlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 11,84 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,84 Kb.
#182461
1   2   3   4
Po\'lat Mo\'min, Qudrat Hikmat

Kimda-kim a’lo va yaxshi baholarga o‘qish uchun astoydil intilsa, harakat qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadga erishadi. Agar bu intilish jismoniy mehnat bilan qo‘shib olib borilsa, yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi. Po‘lat Mo‘min ta’lim va jismoniy mehnatga bag‘ishlangan she’rlarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Ba’zan ishyoqmas, dangasa, yalqov o‘quvchilarni tanqid qiladi, ularning kamchiliklarini ochib tashlaydi. Masalan, “Besh oldim, besh!” degan she’rini olaylik. Asar qahramoni uzoq vaqt past bahoga o‘qib yurardi, fanlarni ko‘ngildagidek o‘zlashtira olmaganidan do‘stlari, ota-onasi va o‘qituvchilar oldida gunohkordek his qilardi o‘zini. O‘quvchi bunday qiyin ahvoldan faqat ko‘proq dars tayyorlashi, kitob o‘qishi bilan qutilib ketishi mumkinligiga ham ishonmaydi. Nima bo‘ladi-yu, bir kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta o‘qiydi, dars va kitobdan boshqa hech narsani o‘ylamaslikka harakat qiladi.

Qunt qilish, berilgan topshiriq ustida ko‘p mehnat qilish lozimligini tushunib yetadi. O‘zidagi bunday ijobiy o‘zgarishdan xursand bo‘ladi. Boladagi bu quvonch va hayajonni shoir yosh kitobxon ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi: Shunday qilib do‘stlarim, Aytsam yurak so‘zlarim, Yurishib qoldi ishim Ko‘payib ketar “besh”ish. Bolalar shoirining “Tuganmas kon”, “O‘qituvchi baho qo‘yganda”, “Ko‘chalarni to‘ldirib”, “Sizga nima bo‘ldi, o‘g‘il bolalar?”, “Yuqimli “2” lar”, “Bilsa bo‘lar ekanku!”, “Sentyabrdan kim sevinar?” kabi she’rlari ham a’lo va yaxshi o‘qish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to‘g‘risida yozilgandir. Ba’zan o‘quvchi-yoshlar orasida mug‘ambir, pismiq bolalar ham topilib qoladi. Shoirning “Qo‘l ko‘tarib qo‘lga tushdi” degan asari ana shunday bolalarga bag‘ishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq o‘quvchi. U buni o‘qituvchisiga sezdirmaslik uchun har kuni dars paytida “Men aytaman, deb ko‘taradi qo‘l”.

Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag‘al dehqon oilasida tug’ilgan. Bo’lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagida faol ishtirok etadi. Bu to‘garak uning she’riyat sirlarini egallashida katta rol o‘ynaydi. Q.Hikmatning ijodiy o‘sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg‘un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo’ldi. Q.Hikmat bolalar uchun 1945-yildan boshlab she’rlar yoza boshlaydi. Uning dastlabki she’rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosila boshlaydi. Q.Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishlaydi. Shu bilan birga, mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qiydi. 1957-yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda redaktor, bo‘lim boshlig‘i sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qiladi. Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim”, “Baxtli bolalar” , “Obodlik”, “Do’stlik”, “Родной Узбекистан” kabi qator to‘plamlari nashr etildi.


Yüklə 11,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə