Mavzu: Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi sherlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 11,84 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,84 Kb.
#182461
  1   2   3   4
Po\'lat Mo\'min, Qudrat Hikmat

Mavzu: Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi sherlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

Reja:

  • Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi.
  • Po‘lat Mo‘min – qo‘shiqchi shoir.
  • Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Qudrat Hikmat dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar.

Bolalarning suyukli shoiri Po‘lat Mo‘min yoshligidanoq adabiyotga havas qo‘ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtida adabiyot to‘garagiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan o‘qidi, o‘rgandi. O‘rta ma’lumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika unversitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, aspiranturada o‘qidi, maktablarda o‘qituvchilik qildi. So‘ngra O‘zbekiston davlat nashriyotida ishladi. P.Mo‘min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o‘rgandi. Kichik-kichik she’rlar yoza boshladi. 1944-yilda “Bahorga sayohat” nomli birinchi she’ri bosilib chiqdi. Birinchi she’rlar to‘plami esa 1949-yilda “Sayrang, qushlar” nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. To‘plamdan munosib o‘rin olgan “Obod o‘lkam”, “Haykal”, “Alla va Jalla” (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun birgina qobiliyat va istakning o‘zigina yetmaydi. Belinskiy ta’rifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo‘lib tug‘ilish kerak.

Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo‘lsin, nozik ta’b egasi, go‘dak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono bo‘lsin, degan mazmunni taqazo etadi, albatta. Biz Po‘lat Mo‘min ijodida ana shunday olijanob xususiyatlar mujassamligini his etamiz. Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli “Hunardan unar”, “To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar”, “Aql qayerda bo‘lar”, “O‘rinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim Karim”, “Endi adashmaydi”, “Barcha bola do‘st bo‘lsa”, “Rahmatga rahmat”, “Gazpolvon ertak aytar”, “Chang yutar botir”, “Do‘sting qancha ko‘p bo‘lsa”, “Oftob va odob”, “Yaxshilarga o‘xshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va Omon”, “Oltmish olti oltin qo‘l”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz bir oltin qo‘l” she’riy to’plamlari; “Chanoqvoy bilan Qovoqvoy”, “Bahodirning botirligi”, “Oq fil yo‘qoldi”, “Suqatoy-konfetvoy”, “Ona bolam deydi” kabi ertaklari, pyesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she’r va qo‘shiqlari doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o‘zbek bolalar adabiyotining ham yutug‘i, obro‘si hisoblanadi.


Yüklə 11,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə