Mavzu: Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi sherlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 11,84 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,84 Kb.
#182461
1   2   3   4
Po\'lat Mo\'min, Qudrat Hikmat

Qudrat Hikmat bu she’rida ham o‘z uslubiga sodiq o‘laroq misralarni eng kichik vaznda ifodalaydi: Quyosh yo‘liday Yorug‘ yo‘limiz. Qayga uzatsak, Yetar qo‘limiz... Gullasin doim Jonajon Vatan! Xalqimiz uchun Fido jon va tan. Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo‘lgan havasini uyg‘otishni o‘zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, uning “Kitob - do‘‘stim” she’rini olib ko‘raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini ko‘ramiz.

Shoirning ta’kidlashicha, kimki kitobga mehr qo‘ysa, astoydil o‘qisa aqli–zehni rivojlanishini o‘ynoqi misralalarda yozadi: Kitob – keng dunyo So‘z nur – ziyo. Qo‘ysang mehringni, Ochar zehningni.

Shoir kitobning mohiyatini chuqurroq ochishga intilib, “Keng - dunyo”, “So‘zi nur - ziyo” kabi istioralarni qo‘llab o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi. “Salom, maktab” she’rida shoir maktabning mohiyati va ulug’vorligini bir butunligicha kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantira olgan.

Sa’natkor jozibali misralar tuzib, bolalar e’tiborini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi: Ilmu fan bori. Hayot bulog‘i. Aziz umrning Suyangan tog‘i. She’rda nazarda tutilgan eng muhim masalalardan biri shundaki, maktabdan olgan ilmni xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida ta’kidlanadi: Sendan olib dars, O‘sdik har nafas. Vatan xizmatin – O‘tash bizning qarz. Qudrat Hikmat ijodida “Tinchlik haqida qo‘shiq” she’ri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha she’rga soladi: Tinchlik juda soz, To‘kin – sochin yoz. O‘q tovushi chiqmas, Yangrar qo‘shiq – soz,

Thank you


Yüklə 11,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə