Mavzu: Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi sherlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 11,84 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü11,84 Kb.
#182461
1   2   3   4
Po\'lat Mo\'min, Qudrat Hikmat

Keyinchalik “Ilon shoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “O‘g‘lim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdi. Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o‘qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o‘z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o‘ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misrlarda ifodalaydi. Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rgangan. Shuning uchun ham she’rlari go‘zal va yoqimli, sodda va ravon. Qudrat Hikmat o‘zining ilk she’rlaridan biri “Mening Vatanim”da mehribon ona-Vatanning ulug‘vorligini ko‘tarinki ruh bilan kuylasa, “Bog‘cha” she’rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog‘iga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz so‘zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog‘chasiga ko‘chiradi.

Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug‘ Vatan ekanligini uqtiradi: O‘rtoqjon Turg‘un, Men bilan yurgin. Bizning bog‘chani, Bir borib ko‘rgin. Turli o‘yinchoq, Arg‘imchoq bizda. Kemamiz suzar, Dengizchamizda. Miltig‘imizning O‘qlari olmos, Chegaramizga Dushman yo‘lolmas. Shoir “Baxtli bolalar” she’rida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo‘r ko‘tarinki ruh bilan kuylaydi.

Qudrat Hikmat bu she’rida ham o‘z uslubiga sodiq o‘laroq misralarni eng kichik vaznda ifodalaydi: Quyosh yo‘liday Yorug‘ yo‘limiz. Qayga uzatsak, Yetar qo‘limiz... Gullasin doim Jonajon Vatan! Xalqimiz uchun Fido jon va tan. Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo‘lgan havasini uyg‘otishni o‘zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, uning “Kitob - do‘‘stim” she’rini olib ko‘raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini ko‘ramiz.


Yüklə 11,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə