Mavzu: Pul massasini targetlash va inflyatsion targetlash



Yüklə 3,09 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#146816
1   2   3
Duysenbayev Bank va moliya

Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

  • Agar foiz stavkalari (kredit uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:

  • inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish (inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)
  • inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo'yicha instrumentlardan (REPO va valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish;
  • pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar (xo'jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo'jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo'lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga olgan holda prognozlash;
  • pul-kredit siyosati maqsadlari (narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo'lgan ishonchini oshirish va hokazo)ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish imkoniyatini ta'minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə