Mavzu; Pul va ularning iqtisodiyotdagi ro’li I bob Mamlakat iqtisodiyotida pulning ahamiyati


Tanga pullarning rivojlanish tarixi



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə4/13
tarix13.10.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#127766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Pul mustaqil ish

Tanga pullarning rivojlanish tarixi. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan oldingi YII asrda paydo bo‗lganligini ta‘kidlaydi. Manbalarga ko‗ra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo‗lgan YII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘I bilan zarb etilgan. Oltinga o‗zining tasvirini tushurib zarb ettirgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi. O‗sha davrda oltinning qiymati uning probasi va og‘irligi bilan o‗lchanar edi. AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‗lov vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‗lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etgan. Muomalada oltin tangalar to‗lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida o‗zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega bo‗lgan. Ya‘ni, ularni xozirgi paytdagi kabi qog‘oz pullarni emissiya orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo‗lmagan. Agar oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo‗lsa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda jamg‘armaga o‗tadi, aksincha bo‗lganda esa to‗lov vositasi sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to‗lov vositasini bajargan paytda pul tizimini tartibga solish apparati va pul kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bo‗lmagan.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‗lib, bularning ichida kishilar o‗rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‗lishi muhim ahamiyat kasb etadi.


1.3 Pul va uning turlari
Buyum shaklidagi «natural pullar» Kishilik jamiyati o`z taraqqiyotining dastlabki davrlaridan boshlab, toki hozirgi kungacha mahsulotlar ayirboshlashda u yoki bu turdagi pullardan foydalanib kelgan. Asrlar davomida pul turlari rivojlanib borgan va bugungi ko`rinishgacha yetib kelgan. Dastlab kishilar pul o`rnida turli buyum va narsalardan umumiy ekvivalent sifatida foydalanishgan. Bunday buyum va narsalar «natural pullar» deb yuritiladi. Masalan, qadimgi Yunoniston va Rimda, shuningdek, arab va hind qabilalarida pul vazifasini hayvon bajargan. Tinch Okeani va Afrika qit`asi xalqlarida qimmatli chig`anoqlar, Markaziy Afrikada fil suyagi, Qadimgi Misrda-bug`doy, Xitoyda-tuz, Mo`g`ilistonda–toshchoy, Qadimgi Shumer davlatida-asal, Qadimgi shimol xalqlaridamo`yna va movutdan pul sifatida foydalanilgan. Qadimgi Sparta, Karfagen va Skandinaviya xalqlarida pul vazifasini hayvon terisi o`tagan. Shuningdek, pul o`rnida ichimliklar, qullar, taqinchoqlar va ipakdan, hatto temir omoch va mixdan ham foydalanishgan. Karolina orollarida tegirmon toshidek tosh pullar ham bo`lgan. Asta - sekinlik bilan muomalaga natural pul sifatida temir, mis, bronza, kumush va oltin kabi metallar kirib kelgan. Bu metallardan avvaliga uy-ro`zg`or buyumlari va qurollar - bolta, pichoq, juvoldiz, mix, kamon o`qining uchi, nayza, idishlar yasaganlar. Ularga hamma tovarlarni almashtiraverganlar. Ammo, bora-bora ulardan ba`zilarigina alohida tovar ya`ni pul bo`lib qolgan. Nemislarda tova, Sharqda pichoq, Meksikada «T» harfi shaklidagi mis parchasi, Hindi-Xitoyda yo`g`on mis chiviqlar, Shimoliy Amerikada qo`rg`oshin soqqachalar, Afrikada taqaga o`xshash temir parchasi, Kombodjada temir rombchalar pul xizmatini o`tagan. Tanga pullar Tanga pullar eramizdan avvalgi VII asrdan to XIX asr o`rtalarigacha tovar ayirboshlashda muomalada bo`lgan. Tangalar oltin, kumush va mis kabi metallardan turli shakllar va vaznlarda tayyorlangan. Dastlab tangalar uchburchak, to`rtburchak, romb, xalqa va tuxum (oval) shaklida yasalgan. Tangalarni turli shakllarda yasash uzoq vaqt davom etgan va nihoyat muomala uchun eng qulay bo`lgan, ya`ni gardish shaklida yasay boshlaganlar. Tanga lotincha moneta bo`lib, uning old tomoni - avers, orqasi-revers va qirrasi-gurt deyiladi. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra birinchi tangalar bundan 26 asr avval Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev Rusida zarb qilina boshlagan. Ma`lumki, har bir hukmdor tahtga o`tirgach, o`z nomidan tanga zarb qildirgan. Tanganing old tomonida hukmdorning rasmi yoki nomi, ayrim hollarda shiori, orqa tomonida esa tanganing qiymati tasvirlangan. Masalan, Amir Temur tomonidan zarb qilingan tangalarning old tomonida uning uch halqali belgisidan iborat tamg`asi bilan birga «Allohdan boshqa tangri yo`q», «Muhammad Allohning Rasuli», to`rt halifa: Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali nomlari bitilgan. Tangalarning orqa tomoniga esa «Amir Temur Ko`rogon» degan so`zlar, tanga zarb etilgan yil va shahar nomi bitilgan. Tangalar asosan oltin va kumushdan zarb qilingan bo`lib, qonunda belgilangan shakl va vaznga ega bo`lgan. Tangalar muomalada uzoq vaqt pul vazifasini bajargan. Tanga pullarning afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham bo`lib, ular quyidagilardan iborat: - tangalar uzoq vaqt muomalada bo`lishi, qo`ldan - qo`lga o`tishi natijasida yemirilgan va vazni kamaya borgan; - ayrim hukmdorlar tangalar vaznini sun`iy ravishda kamaytira boshlaganlar yoki uning tarkibini buzib, boshqa qotishmalarni ham qo`shganlar; - kapitalistik sanoatning rivojlanishi bilan tovar ishlab chiqarish shiddatli ravishda ko`payib borgan. Ammo tovar ayirboshlash uchun yetarli miqdorda tangalar zarb qilish uchun zarur bo`lgan nodir metallarni qazib olish tovar ishlab chiqarishdan nisbatan orqada qolgan. Ana shu sabablarga ko`ra muomalaga tanga pullar o`rniga qog`oz pullar kiritila boshlagan. Qog`oz pullar Tarixiy manbalarda qog`oz pullar dastlab Xitoyda XII asrda chiqarilgan deb ko`rsatiladi. Lekin, tarixiy ma`lumotlarga asosan Buxoro davlatida 700 – yillarda muomalaga kumush tangalar chiqarilgunga qadar, qog`ozdan pul sifatida foydalanilgan ekan. Qog`oz pullar Yevropa va Amerikada XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan. Qog`oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, muayyan kursi belgilab qo`yilgan pul belgilariga aytiladi. Dastlab qog`oz pullar ma`lum miqdordagi oltinni o`zida ifodalagan, ya`ni oltin bilan ta`minlangan. Asta – sekinlik bilan qog`oz pullarni oltin bilan ta`minlash darajasi pasayib borgan va nihoyat bekor qilingan. Qog`oz pullar mamlakat Moliya vazirligi yoki Markaziy banki tomonidan chiqariladi. Ular o`z tabiatiga ko`ra qadrsizlanishga, ya`ni inflyatsiyaga moyil bo`ladi. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojiga qarab chiqarilishi lozim. Amalda esa, qog`oz pullar bundan tashqari byudjet taqchilligi va davlatning boshqa harajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi. Natijada, muomalada tovarlar bilan ta`minlanmagan pul paydo bo`ladi. Bu o`z navbatida narx-navoning o`sishi, ya`ni pulning qadrsizlanishiga olib keladi. Sobiq SSSR davrida muomalaga hukumat tomonidan chiqarilgan 1, 3, 5 rubllik xazina biletlari amalda bo`lgan. Hozirgi davrda xazina biletlari ko`rinishidagi qog`oz pullar jahondagi 10 mamlakatda – AQSH, Hindiston, Indoneziya va boshqalarda saqlanib qolgan, xolos. Muomalaga qog`oz pullarning chiqarilishi natijasida ularni qalbakilashtirishdan himoyalash muammosi paydo bo`ladi. Hozirgi qog`oz pullar turli darajada himoyalangan. Ular maxsus oliy nav qog`ozdan qilinadi, qog`oz orasiga yoruqqa tutilganda ko`rinadigan belgilar ishlanadi. Qog`oz pul betini qoplaydigan murakkab suratlar, yozuvlar, mayda to`r bezaklar chiziladi. Pul tayyorlashda maxsus bo`yoqlardan va kimyoviy elementlardan foydalaniladi. Masalan, Angliyada pul tayyorlashda qog`ozga yupqa, egiluvchan metall ip yopishtirib, presslab yuboriladi, suv belgilari chiziladi. Yaponiya iyenalarini tayyorlashda esa, nusha ko`chirish apparatlarida chiqarib bo`lmaydigan maxsus bo`yoqlar ishlatiladi. Kanada pullaridagi bo`yoqlar turli tomonlardan qaralganda, o`z ranglarini o`zgartirib turadi. Quyida AQSH dollarini himoyalanishi choralarini ko`rib chiqamiz:
Kredit pullar Ishlab chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keldi. Tovar va to`lov aylanishi ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari-chek, veksel va banknotlar chiqarilgan. Kredit pullar deb, kredit munosabatlari asosida yuzaga keluvchi, to`lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Kredit pullar qog`oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida qiymatni ifodalaydi va kredit hujjati bo`lib, qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Kredit pullari quyidagicha rivojlanish yo`lini bosib o`tgan: veksel, banknot, chek, kredit kartochkalari, elektron pullar. Veksel- nemischa Wechsel so`zidan olingan bo`lib, dastlab XII-XIII asrlarda Italiyada paydo bo`lgan. Veksel-bu qarzdorning ko`rsatilgan summani, kelishilgan muddatda, belgilangan joyda to`lashi to`g`risidagi yozma majburiyatidir. Veksel, sodda qilib aytganda, qarzdorlik to`g`risidagi tilxatdir.
Vekselning quyidagi turlari mavjud: tijorat veksellari- oddiy va o`tkazma veksellar, moliyaviy veksel, xazina vekseli, bank vekseli, muddatli veksel va boshqalar. Banknota – kredit pullarining yetakchi turlaridan bo`lib, Markaziy banklar tomonidan veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan. Banknotlar dastlab, XVII asr oxirlarida chiqarilgan bo`lib, u paytda banknotni hohlagan vaqtda bankga topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga muvofiq oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniya, Rossiya va AQSH da banknotlarni oltin bilan ta`minlanganligi 30-50%ni tashkil etgan. Bugunga kelib hech qaysi mamlakatda banknotlar oltin yoki kumush bilan ta`minlanmagan. Hozirda mamlakatlarning Markaziy emissiya banklari qat`iy belgilangan nominalga ega bo`lgan banknotlarni muomalaga chiqarmoqdalar. Bu banknotlar mamlakatda milliy pul birligi bo`lib hisoblanadi. Xususan, O`zbekiston Markaziy banki ham muomalaga turli nominalga ega bo`lgan banknotlarni chiqargan, masalan: Cheklar–dastlab 1683 yilda Angliyada qo`llanila boshlagan. Chek mijozning o`z bankiga unda ko`rsatilgan mablag`ni naqd pulda berilishi yoki boshqa hisob raqamiga (schyotiga) o`tkazilishi to`g`risidagi buyrug`idir. Chekning quyidagi turlari mavjud:
- muayyan bir shaxs nomiga yozilgan chek;
- orderli chek;
- ko`rsatuvchiga beriladigan chek;
- hisob-kitob cheki;
- akseptlangan chek va boshqalar
Kredit kartochkasi – bu bank yoki maxsus kredit (savdo) muassasi tomonidan bir kishi nomiga berilgan pul hujjati bo`lib, unda pul egasi hisobidagi summa ko`rsatiladi. Bu kredit kartochkasi o`z egasiga chakana savdo tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar harid kilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga binoan haridor hisobidagi pul summasi uning ixtiyoridan olinib, tovar sotgan korxona hisobiga o`tkaziladi. Dastlabki kredit kartochkalari XX asr boshlarida AQSH da qo`llanila boshlangan. Hozirda jahondagi aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan, O`zbekistonda ham joriy etilmoqda. Banklar faoliyatida elektron hisoblash mashinalarining ko`llanilishi elektron pullardan foylanish imkoniyatini berdi. Elektron pul - elektron kartochka bo`lib, uning xotirasiga egasining hisobidagi pul summasi yozilgan bo`ladi. Pul to`lash uchun elektron kartochka EHM ga kiritiladi, kartochkadan avtomatik ravishda to`lanishi zarur bo`lgan pul summasi o`chiriladi va bu summa pul oluvchi elektron hisobiga yozib qo`yiladi. Hozir O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan qator tijorat banklari o`z amaliyotlarida elektron kartochkalardan foydalanishmoqda.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə