Mavzu; Pul va ularning iqtisodiyotdagi ro’li I bob Mamlakat iqtisodiyotida pulning ahamiyati



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə5/13
tarix13.10.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#127766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Pul mustaqil ish

2.1 Pulning vazifalari
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda pulning vazifalari to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar pulning 5 ta vazifasini tan olsalar, ayrimlari 4 tasini, boshqalari esa faqat 3 tasini e`tirof etadilar. Pul qiymat o`lchovi Avval ta`kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi bo`lib xizmat qiladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi. Tovar qiymati qancha yuqori bo`lsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past bo`lsa, bahosi shuncha arzon bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi uning qiymati asosida shakllanadi, ya`ni tovar bahosi uning qiymatiga teng bo`lishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda ko`p omillar, shu jumladan bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta`sir etadi.
Bu omillarning biri tovar bahosini ko`tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori bo`lishi baland narxni taqozo etsa, raqobat kurashi hamda taklifning ko`payishi uni pasaytiradi. Pul - muomala vositasi Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta`minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya`ni bir vaqtning o`zida pul to`lanadi va tovar sotib olinadi.
Masalan, talaba do`konga kirib pul to`lab kitob yoki daftar sotib oldi. Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: - bu vazifani faqat naqd pullar bajaradi; - tovar va pul o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda harakat qiladi; - tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi; - tovar sotuvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi munosabat tugallanadi, tomonlar tovarga yoki pulga ega bo`ladilar.
Pul ishtirokisiz tovarni tovarga almashtirish barter deyiladi. Barter ma`lum kelishilgan narxlarda amalga oshiriladi. tovar tovar Barter bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu sababli pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan sharoitda amalga oshiriladi.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda, pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. 
Pul quyidagi vazifalarni bajaradi:
Qiymat o‘lchovi. Bunda pul umumiy ekvivalent bo‘lgan tovar bo‘lib, o‘zida mehnatni mujassamlashtiradi va shu sabab tovar qiymatini o‘lchay oladi;
Muomala vositasi. Bunda pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash yuz beradi; 
jamg‘arma vositasi – bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o‘z egasi uchun kerak bo‘lganda xarid etish vositasi bo‘lib xizmat qila olishidir. 
Hozirgi kunda elektron pullar o‘tkazmalari keng rivojlanmoqda. Sanoqli soniyalarda jo‘natmalar dunyoning ko‘rsatilgan manzillariga yetkazilmoqda. Bu aholi uchun qulayliklar tug‘diradi.
Pul islohoti o‘tkazish yo‘llari: 
deflyatsiya – muomaladagi pul miqdorini ortiqcha pul belgilarini iste’moldan chiqarish yo‘li orqali kamaytirish; 
denominatsiya – pul belgilari qiymatining o‘zgarishi va ma’lum nisbatda yangi yirik pul birligiga almashtirilishi;

nullifikatsiya – eski pul belgilarini muomaladan olish va ozroq miqdorda yangilarini chiqarish; 


revalvatsiya – milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan ko‘tarilishi; 
devalvatsiya – mamlakat savdo va to‘lov balansining keskin yomonlashuvi, valuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valuta bozorlarida milliy valuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan pasaytirilishi. Pul bozorida makroiqtisodiy muvozanatni saqlashda Markaziy bank muhim o‘rin tutadi. Shu bois o‘quvchilarga bu borada to‘laqonli axborotga ega bo‘lishlari uchun 1995-yil 21-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunidan misollar keltirishni lozim topdik. 
Pul- to`lov vositasi Pulning to`lov vositasi ekanligi nasiyaga sotilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlarga ularning haqi to`langanda, qarzga olingan mablag`lar qaytarilganda namoyon bo`ladi. Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun olib chiqqan vaqtda, iste`molchining shu tovarni sotib olish uchun yetarli miqdorda naqd puli bo`lmasligi mumkin. Natijada tovarni nasiyaga sotishga zarurat tug`iladi, ya`ni tovarning pulini to`lash muddati kechiktiriladi. Iste`molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to`lov muddati kelgandan keyingina to`laydi. Bu holda tovarlar harakati bilan pul harakati bir vaqtning o`zida sodir bo`lmaydi. Tovar harakati sodir bo`lgandan so`ng ma`lum muddat o`tgach pul harakati amalga oshadi. Masalan, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, puli esa 20 avgustda to`landi.
Aksariyat hollarda tovar uchun avvaldan avans (bo`nak) to`lanadi, so`ng tovarlar yetkazib beriladi. Ma`lum muddat o`tgach esa, oxirgi hisob - kitoblar qilinadi. Masalan, 1 avgustda tovarlar uchun bo`nak to`landi, 10 avgustda tovarlar yetkazib berildi, 20 avgustda esa oxirgi hisob - kitoblar qilindi.
Pulning to`lov vositasi ekanligi iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni keltirib chiqaradi. Pulning to`lov vositasi ekanligi quyidagi hollarda ko`rinadi: - korxonalar va tashkilotlar o`rtasida yetkazib berilgan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun xaq to`langanda; - davlat byudjetiga soliqlar to`langanda; - banklardan olingan qarzlar qaytarilganda, foizlari to`langanda; - ish haqi, nafaqa, stipendiya va boshqalar to`langanda; - boshqa har xil qarzlar va majburiyatlar to`langanda. Pul to`lov vositasi vazifasini bajarganda to`lovlar naqd pul yoki naqd pulsiz amalga oshirilishi mumkin

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə