Mavzu: Qiyosiy-tarixiy metod



Yüklə 305,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü305,15 Kb.
#145371
1   2   3   4   5
13.1.Qiyosiy-tarixiy metod (seminar) (2)

Aleksandr 
Nikolayevich 
Veselovskiy
(1830–1906) 
qiyosiy-tarixiy 
adabiyotshunoslik (qiyosiy-tarixiy metod) asoschisi sanaladi. Faoliyatining avvalida 
A.N.Veselovskiy mifologik maktab g„oyalariga ergashgan bo„lsa, keyin T.Benfey 
ta‟limotini ma‟qullagan. Chunki u turli xalqlar adabiyotlaridagi mushtarakliklarni 
qabila-urug„chilik zamonidagi miflardan emas, xalqlarning adabiy-madaniy 
aloqalaridan izlash to„g„riroq deb biladi. Biroq Veselovskiy Benfey ta‟limotiga ham 
tanqidiy yondashadi. Jumladan, u syujetlarni o„zlashtirish nazariyasi murakkab, 
holatlar zanjiri sifatida yoyilgan, qaysiki shu tartibdagi bog„lanish bilan u yerda ham, 
bu yerda ham paydo bo„lishi mumkin bo„lmagan syujetlarga nisbatangina qo„llanishi 
mumkin deb biladi. Ya‟ni Veselovskiy syujetdagi o„xshashliklar adabiy ta‟sir natijasi 
bo„lmasligi ham mumkinligini nazarda tutadi. Shuning o„zidayoq masalaga 
yondashishda T.Benfeydan jiddiy farqlanish ko„riladi. 
A.N.Veselovskiy mifologik maktab va “ta‟sirlar maktabi” (bu ta‟limot 
“syujetlar migrasiyasi”ni mutlaqlashtiradi) yo‟l qo‟ygan biryoqlamaliklarni yengib 
o„tib, salaflarga xos eng yaxshi jihatlarni sintezlashga intiladi.
Unga ko„ra qiyosiy metod “tarixiy metodning rivojlantirilgani xolos, o„sha 
tarixiy metodning o„zi, faqat tig„izlashgan, parallel qatorlarda takrorlangan
imkoniyatdagi to„liq umumlashma ko„rinishidadir”. 
• 
Adabiyot tarixini “obrazli-poetik shakldagi ijtimoiy tafakkur tarixi” deb 
tushunish, tarixiy jarayonni qonuniy deb bilish g„oyasi; 
• 
qonuniylik sifatini bergan holda hodisalarning takrorlanuvchanligiga 
e‟tiborning kuchaytirilishi, madaniyatni “yevropatsentrik” talqini bilan bahs;


• 
keng ko„lamli adabiy material asosida “parallel qatorlardagi o„xshash 
faktlarni” qiyoslagan holda, A.N.Veselovskiy turli “irq” va davr madaniyatlarida 
tipologik mushtaraklik izlaydi; 
• 
ijtimoiy va madaniy taraqqiyotning o„xshash bosqichlari (ular xronologik 
jihatdan mos kelmasligi mumkin) turli xalqlarda mushtarak adabiy hodisalarni 
keltirib chiqaradi;
• 
primitiv syujet sxemalari, motiv va ramz-obrazlarning o„xshashligi va 
takrorlanuvchanligi “tarixiy ta‟sir natijasi sifatidagina emas, ularda aks etgan psixik 
jarayonlarning bir xilligi natijasi” sifatida ham tushuntirilishi mumkin. 
V.M.Jirmunskiy 
Ilmiy faoliyatini rus formal maktabi doirasida boshlagan akademik Viktor 
Maksimovich Jirmunskiy (1891–1971) keyincha A.N.Veselovskiy oldinga surgan 
tarixiy-adabiy jarayon birligi va buning bashariyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining 
birligi bilan shartlanganligi g„oyasini rivojlantirdi.
U qiyosiy adabiyotshunoslikda tipologik yondashuv prinsipini shakllantirdi, 
uning asosida 

Yüklə 305,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə