Mavzu: quyoshli kollektorlar konstruksiyasi


Loyihalash bosqichining mazmuni



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#130836
1   2   3
QUYOSHLI KOLLEKTORLAR KONSTRUKSIYASI

Loyihalash bosqichining mazmuni - tasdiqlangan texnik loyihalovchi takliflarini rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’lib hisoblanadi. Pirovard maqsad esa, texnik loyihalovchi loyihani topshiriqda belgilangan hajmda bajarishidir. Asosiy tuzilish mavzusi allaqachon aniqlangan va agar sanoat san’ati asarlarining ko’rinishi haqida gapirish mumkin bo’lsa, uning paydo bo’lishi to’laligicha texnik - takliflar bosqichiga taalluqlidir.

Quyosh kollektorini loyihalash.

  • Quyosh kollektorini texnologik xaritasini chizishdan avval uning o’lchamlarini aniqlab olamiz, bular quyidagich 2151×1215×110mm ni tashkil qiladi. Bu Quyosh kollektorining 2,24 m2 ni tashkil qilib, uning oynasi 6mm ga teng qalinlikka ega bo’lgan Quyosh antifrizidan tuzilgan. Uning izoliyatsiya qatlami esa 6mm ga teng, trubalar materiali esa misdan iborat bo’lgan KPW1-C20AR tipli quyosh kollektoridir

 

 


KPW1-C20AR tipli yassi Quyosh kollektorining yaqqol tasviri.

KPW1-C20AR tipli Quyosh kollektorining epyurdagi uchta ko’rinishi.

Kollektor FIKning sirt materialiga bog’liqligi

  • Quyosh kollektorlarini yaratishda imkon qadar uning vazni va Quyosh radiasiyasini tiniq qoplamadan o’tishidagi energiya yo’qolishini kamaytirishga, samarali issiqlik izoliyasiyasini tanlashga, issiqlik yutgichning yutish qobiliyatini oshirishga e’tibor qaratilishi kerak. Amalda Quyosh kollektorining yuzasi 0.5 – 4m.kv. bo’lishi shaffof qoplama sifatida odatda tarkibida temir oksidlarini kam saqlovchi 3 -4mm li qalinlikdagi shisha ishlatiladi, yon va ostki qismi issiqlik izolyasiyasi bilan o’raladi.

Quyosh yassi kollektori samaradorligining yon sirtiga bog’liqligi

Kollektorning yon sirt issiqlikdan himoyalanmagan (Hyon = 0,1sm) va ushbu yon sirt ideal darajada issiqlikdan himoyalangan (Hyon= 10sm) hol uchun K = 0,2 ÷ 0,3da yassi kollektor FIKga yon sirtdan yo’qolayotgan issiqlik oqimining ta’siri keltirilgan. Shuningdek, bu yerda qabul qiluvchi sirtning harorati ham inobatga olingan, qabul qiluvchi sirtning harorati 50ºCdan oshganda yon sirtning ta’siri shuncha yuqori bo’ladi. Masalan, Tqab.q = 70ºC va K=0.2 da yon sirtdan yo’qolayotgan issiqlik oqimi hisobiga kollektor FIK 26% kamaygan. K=0.3 teng bo’lganda esa 3 barobarga teng.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə