Mavzu: Rangli metallurgiya Darsning maqsadi: a ta’limiy maqsad



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə4/4
tarix05.02.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#100221
1   2   3   4
DARS ISHLANMA GEOGRAFIYA

Darsning borishi
Tashkiliy qism: salomlashish, sinfning va o'quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, davomat, ob-havo ma'lumoti va sanani aniqlash, hafta yangiliklarini so'rash.
Guruhlarni e'lon qilish:
1- guruh — «Masshtab», 2- guruh— «Maydon», 3- guruh -«Mazmun», 4- guruh — «Maqsad»
Guruh sardorlarini tayinlash.
Baholash mezoni:
«5» baho -- Oltin.
«4» baho --Kumush.
«3» baho —Mis.
O'tilgan mavzuni so'rash:
I topshiriq: «Tushunchalar talqini» metodi asosida jadval to'ldirish.


T/r

Mazmuni

Atama nomi

1

Joyning yirik masshtabda tuzilgan chizmasi




2

Yerning koinotdan olingan tasviri




3

Joydagi narsalarni xarita yoki plandagi shakli




4

Yer yuzasidagi masofani xarita yoki planda necha marta kichraytirilganligini bildiruvchi kasr son




5\

Yer yuzasini kichraytirib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri




6

Yer yuzasini samolyot yordamida olingan tasviri




7

Planning eng mayda masshtabi




8

Voqea va hodisalarning haqiqiy o'lchamini tasvirlaydigan shartli belgi







9

GESlar va foydali qazilmalar beriladigan shartli belgi







10

Daryolar, yo'llar, chegaralar beriladigan shartli belgi







To'g'ri javob:

T/r

Mazmuni

Atama nomi

1

Joyning yirik masshtabda tuzilgan chizmasi

Plan

2

Yerning koinotdan olingan tasviri

Kosmik surat

3

Joydagi narsalarni xarita yoki plandagi shakli

Shartli belgi

4

Yer yuzasidagi masofani xarita yoki planda necha marta kichraytirilganligini bildiruvchi kasr son

Masshtab

5

Yer yuzasini kichraytirib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri

Xarita

6

Yer yuzasini samolyot yordamida olingan tasviri

Aerosurat

7

Planning eng mayda masshtabi

1:5000

8

Voqea va hodisalarning haqiqiy o'lchamini tasvirlaydigan shartli belgi

Masshtabli sh.belgi

9

GESlar va foydali qazilmalar beriladigan shartli belgi

Masshtabsiz sh. belgi

10

Daryolar, yo'llar, chegaralar beriladigan shartli belgi

Chiziqli

To'g'ri javob slayd orqali ko'rsatiladi, guruhlar bir-birini ishini tekshirib baholaydi. 5 daqiqa ichida birinchi bo'lib to'ldirib bo'lgan guruh 1 balldan qo'shimcha rag'bat oladi. Jadvalning to'g'riligiga qarab guruhlarga rag'bat kartochkalari berib boriladi. 9-10 ta to'g'ri -5 ball. 7-8 ta to'g'ri - 4 ball. 5-6 ta to'g'ri - 3 ball
Yangi mavzu bayoni.
Xaritalar 4 jihatiga ko'ra tasniflanadi:
1. Masshtabiga ko'ra. 2. Maydoniga ko'ra. 3. Mazmuniga ko'ra. 4. Maqsadiga ko'ra.

Mazmuniga ko'ra xaritalar quyidagi turlarga bo'linadi:



  1. Umumgeografik xaritalar. Ular barcha tabiiy xaritalardir.

  2. Mavzuli xaritalar:




  1. tabiiy: tuproq, foydali qazilma, iqlim...

  2. iqtisodiy: siyosiy, aholi, sanoat, rekreatsion...
    Maqsadiga ko'ra xaritalar quyidagi turlarga bo'linadi:




  1. O'quv

  2. Ilmiy

3. Sayyohlik
Globuslar, asosan, masshtabiga ko'ra turlarga bo'linadi. Ularning turlari ham xuddi xaritalarning masshtabi kabi uch xil — yirik, o'rta, mayda masshtabli bo'ladi.
Maktab globuslari quyidagi masshtabli bo'ladi:
1:83000000 — mayda masshtabli;
l:40000000dan l:70000000gacha — o'rta masshtabli;
1:30000000 — yirik masshtabli.
Relyefli «Toshkent globusi»ning masshtabi 1:7000000. Globusning og'irligi-500 kg. Balandligi 2,5 m., diametri-2 m. Globus 1984-yilda O'zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetiga o'rnatilgan.
Xaritalar, atlaslar, globuslar va olimlar.



T/r

Olimlarning nomi

Amalga oshirgan ishlari

Muddati

1

Eratosfen

Birinchi xaritani tuzgan

Er.av.III asr

2

Ptolomey

Ikkinchi xaritani tuzgan

Er. II asr

3

Klavdiy Ptolomey

Birinchi atlasni yaratgan

II asr

4

Merkator

«Atlas» atamasini fanga kiritgan

1595- yil

5

Pifagor

Yer shar shaklida degan fikrni ilgari surgan

Er.av.VI asr

6

Krates

Yerning shar shaklini birinchi bo'lib yasagan

Er.ay.II asr

7

Abu Rayhon Beruniy

Birinchi globusni yasagan

XI asr boshida

8

Martin Bexaym

Birinchi mukammal geografik globusni yasagan

1492- yilda

9

Hoji Yusuf Hay'atiy

Samarqanddagi globusni yasagan

1886- yilda

10

H.Hasanov, I.Y.Oshev

«Relyefli globus»ni yasagan

1984- yilda

Yangi mavzuni mustahkamlash:


I topshiriq. Xarita bilan ishlash.
Doskaga yoki slayd orqali ikki xil xarita osiladi. O'quvchilar bu xaritalarni tasniflashlari kerak.

Masshtabiga ko'ra — mayda masshtabli


Maydoniga ko'ra — dunyo xaritasi
Mazmuniga ko'ra — mavzuli xarita
Mavzusiga ko'ra tabiiy, dunyoning iqlim xaritasi
Maqsadiga ko'ra — o'quv xaritasi
II xarita:
Masshtabiga ko'ra — mayda masshtabli
Maydoniga ko'ra — materiklar xaritasi
Mazmuniga ko'ra — umumgeografik xarita
Yer yuzasining relyefi tasvirlangan
Maqsadiga ko'ra — o'quv xaritasi
II topshiriq: Strelkalar bilan ishlash.


T/r

Olimlarning nomi




Amalga oshirgan ishlari

1

Eratosfen




«Relyefli globus» yasagan

2

Ptolomey




Birinchi globusni yasagan

3

Klavdiy Ptolomey




«Atlas» atamasini fanga kiritgan

4

Merkator




Birinchi mukammal geografik globusni yasagan

5

Pifagor




Yerning shar shaklini birinchi bo 'lib yasagan

6

Krates




Ikkinchi xaritani tuzgan

7

Abu Rayhon Beruniy




Samarganddagi globusni yasagan

8

Martin Bexaym




Birinchi atlasni yaratgan

9

Hoji Yusuf Hay'atiy




Yer shar shaklida degan fikrni ilgari surgan

10

H.Hasanov, I.Y.Oshev




Birinchi xaritani tuzgan

Topshiriq tekshiriladi. Rag'bat kartochkalari beriladi.
Dars so'ngida barcha guruhlar to'plagan ballar soni va yig'gan bali hisoblanadi. G'olib guruh e'lon qilinib, dars davomida faol ishtirok etgan o'quvchilar ballar bilan baholanadilar.
Uyga vazifa: darslikdagi 7- mavzuni o'qish, savollarga javob yozish.
Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə