Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


III. Shaxs shakllanishiga reklama faoliyatining o`rni



Yüklə 36,61 Kb.
səhifə4/7
tarix09.09.2023
ölçüsü36,61 Kb.
#121557
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun mohiyati Reja I. Kirish II.

III. Shaxs shakllanishiga reklama faoliyatining o`rni
3.1. Reklama faoliyatining ijtimoiy-madaniy jihatlari
Reklama mahsulotlaridagi badiiy qiyofaning asosiy tavsifi uni harakatga keltiradigan g‘oya-rejasining tug‘ilishi, uning reklama tizimidan o‘rin olish va nihoyat iste'molchi idroki bilan bog‘liq jarayonlar tavsifi bilan to‘ldirilishi lozim. Mazkur bosqichlarning har biri muayyan vaqtda amalga oshadi. Bu bosqichlar orasida reklama mutaxassisi g‘oya-rejasi va uning sifati ko‘p jihatdan asarning istiqbol taqdirini belgilab beradi. Reklama mahsulotlaridagi badiiylik o‘zida voqyelikning ichki va tashqi, yakka va umumiy tomonlarini singdirgan bo‘ladi. Badiiy reja-g‘oya muallif miyasida avval boshdanoq mavhum tushuncha tarzida emas, balki jonli taassurotlar, voqyea-hodisalar bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Fikr-muddaoni amalga oshirish g‘oya-rejaning o‘zidanoq boshlanadi.
Reklama mahsulotlaridagi badiiylik shaxsiy his-tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan taqdirdagina uni reklama bilan o‘zaro aloqani davom ettirishga undaydi. Reklama mahsulotida inson kechinmalari va tuyg‘ulari aksi sifatida ruhiy holat badiiy ijodning asosiy belgisidir.
Badiiy tasavvurda rejalangan qiyofalar doimo reklama beruvchining estetik orzusiga, uning go‘zallik va mukammallik haqidagi o‘y-fikrlariga mutanosib bo‘ladi. Badiiy ijod jarayonida tasavvur kelajakni orzu-umidlar orqali oldindan payqash vazifasini ado etadi. Badiiy tasavvur tarkibida insonning orzu-umidlari, intilishlari va ehtiyojlari mavjud bo‘ladi. Shu bois tasavvur ijod uchun rag‘batlantiruvchi, birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
San'atda voqelik badiiy to‘qimasiz, to‘qima esa voqyeiy hodisalarsiz aks etmaydi. Voqelik xayol-tasavvur hosil qiladi. Bu xayol-tasavvurlarga o‘y-xayol nafasi «jon» kiritadi. Puhta o‘ylangan, oylab, yillab miyada qiyomiga yetgan tasavvurlar mahsulining ma'nodorligini kuchaytiradi. San'atkor tasavvur yordamida ongidagi hayot tafsilotlarini, qahramon xulq-atvori ikir-chikirlarini, uning tashqi ko‘rinishini va boshqa xususiyatlarini qayta tiklab olishi mumkin.
Shuningdek, shaxsning ruhiy olamiga ta'sir etish, uni badiiy-nafosatli jihatdan yuksak pog‘onalarga olib chiqish nafosatli idrokning asosiy muammolaridan hisoblanadi. Mazkur muammo esa o‘z navbatida insonning voqyelikka xissiy-aqliy munosabati hamda uning nafosatli tarzda idrok etish qobiliyatiga, asar qahramonlarining kechinmalarini xis qilish layoqatiga hamda ularni ongli tarzda mushohada etish madaniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, badiiy idrokning mazmuniga daxldor bo‘lgan badiiy qadriyatlar yaratish jarayoniga zamonaviy-tarixiy bosqichlardan kelib chiqqan holda nafosatli nazariyalar asosida munosabat bildirmoq maqsadga muvofiq sanaladi. Negaki, badiiy asar millat ravnaqi uchun qanday hissa qo‘shadi, u millat badiiy tafakkurini o‘stirishda qanday ahamiyat kasb etishini to‘g‘ri anglamoq uchun ham nafosatli nazariyalarga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Vaholangki, ana shu jihatlarga ko‘ra badiiy idrok insonning hayotga nisbatan bo‘lgan qiziqishini doimo kuchaytirib boradi va o‘zi ham shu asosda rivojlanadi.1 Reklama faoliyatini tashkil etish birinchi navbatda ijodiy jarayonni o`z ichiga oladi. Bu jarayon esa asosiy ikki qismdan iborat bo`ladi:
Birinchisi, ijodiy ish rejasi - reklama senariysini yaratish bo`lsa ikkinchi qismi amaliy faoliyatni o`zida aks ettirib, ana shu tsenariy asosida ketma ketlikda bajariladi. Reklama mahsuloti senariysi ijodning muhim bir turi sifatida shakllanib, uni alohida maqsad uchun ya`ni, uni amaliy tashkil qilish uchun yaratiladi. Shuning uchun ham reklama mahsuloti senariysini yaratish va amalga oshirish bir butun jarayondir. Aniqrog’i, bir jarayonnnng bir-biri bilan ajralmas ikki tomonidir.



Yüklə 36,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə