Mavzu: Respublikada qishloq xo‘jaligi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi



Yüklə 31 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü31 Kb.
#132257
  1   2
Respublikada qishloq xo‘jaligi mashinasozlik tarmoqlari


Mavzu: Respublikada qishloq xo‘jaligi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi.

Reja:
Kirish


1. Respublikada qishloq xo‘jaligi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi.
2. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish
3.Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish .
4. Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiyani amalga oshirish
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan texnikalarda import qismlari ulushining yuqoriligi, agrar sektorni texnika bilan ta’minlashning barqaror tizimi mavjud emasligi, texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda ilm-fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashmaganligi ushbu sohaga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish jarayonini to‘liq yo‘lga qo‘yish, agrar sektorni hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan zamonaviy va arzon qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, shuningdek, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish maqsadida. Qishloq xo’jalik mashinasozligida ayniqsa paxtachilik majmuiga kiruvchi mashinasozlik tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Paxtachilikda ishlatiladigan mashinalarning ko’pchiligi O’zbekistonda ishlab chiqarilayotganligi sababli uning mashinasozlik korxonalari MDHning barcha paxtakor mamlakatlarini xima-xil mashinalar bilan ta’minlab turadi. Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning yo’nalishlaridan biri to’qimachilik mashinalari va paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarishdir. Mashinasozlikning bu yo’nalishi ancha taraqqiy etgan.Paxta tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi Toshkent mashinasozlik, Andijondagi “Kommunar”, Samarqand paxtachilik mashinasozligi, Olmos (Namangan viloyati) paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab chiqaruvchi zavodlari va bu soha bo’yicha davlat kostruktorlik ilmiy ishlab chiqarish muassasalari ishlab chiqarish birlashmasiga uyushgan. Birlashma MDH mamlakatlaridagi paxta tozalash zavodlarini uskunalar bilan ta’minlaydi. To’qimachilik sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham O’zbekiston to’qimachilik mashinasozligi birlashmasini tashkil qilgan. Bu 19 korxonalar to’qimachilik mashinalarni lohiyalaydi, ishlab chiqaradi va istemolchilarga etkazib beradi. O’zbekiston to’qimachilik sanoatining bundan keyin ham tez rivojlanishi munosibati bilan mashinasozlikning bu yo’nalishini hozirgi zamon ilg’or texnologiyasi asosida yanada rivojlantirish zaruriyati sezilmoqda. Jumladan, kelajakda Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdayo viloyatlarda to’qimachilik mashinasozligi bilan bog’liq korxonalar qurish, Qo’qon zavodining ixtisosini bir oz o’zgartirib, unda ipak yiguruv mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish ko’zda tutiladi. Umuman, mashinasozlik bu yo’nalishining asosiy vazifasi to’qimachilik va paxta tozalash sanoati uchun mashina hamda uskunalar ishlab chiqarish hajmini va ayniqsa sifatini oshira boorish, ularning ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashdir. O’zbekistonda mashinasozlik majmuasi korхonalari ХХ asr boshlarida tashkil etilib, asosan qishloq хo’jaligi uchun mashinalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqarila boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin qishloq хo’jaligi mashinasozligi bilan birga, to’qimachilik, kimyo, qurilish kabi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun jihozlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohalari ham rivojlandi.
Hozirda tarmoqning 15 turiga mansub 100 dan ortiq yirik korхonalar faoliyat olib bormoqda. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan sohalardan tashqari mustaqillik yillarida avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sohalar ham tez su’ratlar bilan rivojlanib bormoqda. Toshkent shahri va viloyati, Andijon hamda Samarqand viloyatlari hududida respublikamizning asosiy mashinasozlik markazlari joylashgan. O’zbekistonda mashinasozlik majmuining rivojlanish bosqichlari. Mashinasozlik og’r sanoatning eng yirik va yetakchi tarmog’idir. Uning ahamiyati, avvalo, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini xalq xo’jaliginining barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtiris va avtomatlashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakat va viloyatlar iqtisodiyotining umumiy taraqqiyot darajasi mashinasozlikningrivojlanish darajasi bilan belgilanadi. O‘zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga keldi. 20-asr boshida O‘zbekiston metalga ishlov berish sanoati asosan 14 ta kichik remont ustaxonalaridan iborat edi. Ularda asosan temir yo’l, paxta tozalash va yog‘ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat maxsulot umumiy xajmidan og‘ir sanoat va metalga ishlov berish tarmog‘ining hissasi 1,3 %ni tashkil etgan. 1900 yilda Toshkentda tashkil etilgan metalga ishlov beruvchi bosh temiryo‘l ustaxonalari shu davrning yirik korxonalaridan edi. O’zbekiston sharoitida mashinasozlik sanoatining rivojlanishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, mashinasozlik malakali ish kuchini ko’p talab 17 qilganidan uni aholisi va mehnat resuslari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan Respublikamizda rivojlantirish ayniqsa muhimdir. Mashinasozlik sanoati O’zbekistonda asosan Sovet hokimiyati yillarida barpo etildi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqdagi barcha resurslaming eng muhim qismi hisoblanadi va unga quyidagilar kiradi: • ajratib berilgan yer maydoni; • bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari; • ko‘p yillik mevali daraxtlar va uzumzorlar; • mahsuldor va ishchi hayvonlar; • aylanma mablag‘lar (urug‘lik, o‘g‘itlar, YMM, kimyoviy vositalar, hisob raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog‘ozlar); • xo'jaliklarning ta’sischiligi asosida tashkil qilingan MTP, agrofirmalar hisobidagi mol-mulki. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, quyidagicha gumhlarga bo'linadi: 78 www.ziyouz.com kutubxonasi ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari; - ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari. Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan moddiy-texnika resurslari yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va xizmatlar bajariladi. Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlami sug‘orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan va ekinlarga ishlov beradigan traktorlar, kombaynlar, kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Korxonalaming ombor, idora binolari, ayrim inshootlari, aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnika bazasida yer asosiy rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog‘liq. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi har doim tabiiy sharoitlar ta’sirida bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududiy xarakterga ega bo'lib, har bir hududda tabiiy-iqlim sharoitlari har xil bo‘lishi tufayli har xil turdagi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun turli hududlarda moddiy-texnika bazasining tarkibi ham har xil bo'ladi. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, bu moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta'sir etadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo'lishi zahira urug‘lik, yemxashak, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqalarga ega bo‘lish zaruriyatini keltirib chiqaradi. bundan tashqari, moddiy-texnika resurslaridan yil davomida samarali foydalanishga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. To'rtinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli organizmlardan (isb hayvonlari, mahsuldor mollar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va hokazo) iborat boiib, ulardan samarali foydalanish uchun ulaming biologik xususiyatlarini bilish talab etiladi. Beshinchidan, qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasini yaratish va saqlash ko‘p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi. Moddiy-texnika resurslarming mahsulot yetishtirishda, qishloq xo‘ja!igini rivojlantirishda ahainiyaii ulkan. Ular mehnatning xarakterini o'zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta'minlaydi. Masalan, ilmiy asoslangan ma'lumotlarga ko‘ra, paxta yig‘im-terin:uda 1 kishi-soat mexanizator mehnati 26 kishi-soat qo‘l mehnati o‘mini bosadi. 79 www.ziyouz.com kutubxonasi Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnika resurslarining sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratishga xizmat qiladi. Shuning natijasida o‘simliklarning serhosil, tezpishar navlari, chorva mollarining mahsuldor zotlari, har tomonlama qulay va samarali, yuqori unumli va tejamkor texnikalar, ilg'or texnologiyalar yaratiladi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari quyidagi belgilari bo'yicha turkumlanadi: - barpo etilishi bo‘yicha; - ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra; - takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari mulk sifatida tarmoqning, korxonalaming iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korxonalaming moddiy-texnika bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini ulaming iqtisodiy mazmuni, barpo etilishi va foydalanilishi bo‘yicha 4.1-chizmadagi tartibda turkumlash mumkin. Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi. 4.1-chizma. 80 www.ziyouz.com kutubxonasi Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi o‘mi va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda ish va xizmatlar talab darajasida bajarilishi barcha resurslaming miqdoriga hamda sifatiga bog‘liq. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiytexnika resurslari talab darajasida baipo etilishiga alohida e'tibor berish zarur. Xo'jaliklaming moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam, ya’ni zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashganligini ko‘rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot tannarxi pasayishiga, pirovard natijada daromadlaming oshishiga olib keladi. Bu mehnatning xarakteri o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilaming bilimi, malakasi oshirilishini ham talab etadi. Qishloq xo'jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibida chorva hayvonlari va mevali daraxtlaming ham kirishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shimingdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg'i, yog‘lovchi materiallar va boshqalaming ishtirokini ham e'tiborga olish lozim. Ulardan foydalanish samaradorligiga tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligi ham ta'sir etadi. Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta'kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish, shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlami mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga barpo etiladi: - korxonaning o‘z mablagiari; - chetdan jalb etiladigan mablagiar. Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi mablagiari, foydalanilmayotgan ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga berishdan tushgan pul tushumi va boshqa manbalardan olingan mablagiar kiradi. Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya hamda ijtimoiy sohalar uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagiar, 81 www.ziyouz.com kutubxonasi banklaming kredit mablagiari, korxona tomonidan aholi va boshqa korxonalar ixtiyoridagi bo‘sh pul mablagiarini jalb etish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib sotishdan tushgan tushum, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylaming mablagiari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablagiar kiradi. Bu manbalardan jalb etilgan mablagiar hisobiga qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilaming bevosita o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan shartnomalar asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika resurslarini shakllantirishda lizingdan ham keng foydalanishlari lozim. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo‘jaliklar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlami vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda moddiy-texnik ta'minot masalasiga eng ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotganligi sababli 2008-yilda tarmoqqa xorijdan 1149 dona BT-150 va T-4A msumidagi zanjirli va 459 ta MXM-140 rasumli haydov traktorlari hamda 386 ta yuqori unumli CLASS kompaniyasining «Dominator-130» rasumli don o‘rish kombaynlari olib kelindi. Lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd. so'mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham 7547 ta texnika lizing, kredit asosida olish orqali texnika ta'minotini kuchaytirish ko'zda tutilgan edi. Agrofirma, feimer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ulami zarar texnikalar, minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta'minlashda mamlakatimizda o'tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan va an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uslcunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan “Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma savdolari ham qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda muhim omil boTib xizmat qilmoqda. Ushbu ko'rgazma-savdolari doirasida umumiy qiymati 25,2 mlrd. so‘m va 2,2 mln. AQSh dollariga teng boTgan 878 loyiha bo'yicha minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelib o‘matilgan. 2008-yildan ko‘rgazma savdosini minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ko'rgazma savdosini qishloq xo‘jaligining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo'yicha o'tkazila boshlandi. 2009-yil 23-sentabrda Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ”Food Week Uzbekistan” hamda mazkur sohaga oid zamonaviy texnologiyalaming ”Agri Tech Uzbekistan” xalqaro ixtisoslashgan koTgazmalari ish boshladi. Ushbu ko'rgazmalarda mahalliy 82 www.ziyouz.com kutubxonasi ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 60 ga yaqin kompaniyaiar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Shu kabi ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi. 4.2. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Qishloq xo‘jalik korxonalarini moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta'minlashga doimo katta e'tibor berilmoqda. Chunki bu sarflanadigan mehnat hamda mablag1 xarajatlari kamayishi, mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi ko‘payishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlanganlik holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib borish talab etiladi. Buning uchun quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin: a) qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanganlik daxajasi. Uning darajasini quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Qxy Bunda: MTRtd — moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so‘m/gektar; MTRq — xo‘jalikdagi moddiy-texnika resurslarining qiymati, ming so‘m. Bu ko'rsatkich yordamida har bir xo'jalik ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 gektar qishloq xo'jalik yeriga yoki ekin maydoniga necha so'mlik moddiy-texnika resurslari to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Uning miqdori me’yor darajasida bo‘lishi lozim. Bu umumiy ko'rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko‘rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi. Ma'lumki, xo‘jaliklar o‘z faoliyatida amalga oshiradigan ishlami tez va sifatli bajarishga intiladi, bu jarayonda texnika vositalari o'rtasida mutanosiblikni ta'minlashga alohida e'tibor berilishi lozim. Chunki, traktorlar ko‘p, ularga tirkaladigan mexanizmlar kam yoki aksi bo‘lsa, kutilgan samaraga erishib bo‘lmaydi. Chorva hayvonlari ko‘p bo‘lib, yem-xashak kam bo'lishi ham foydasizdir. Demak, korxonalar samarali muvozanatdagi moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlangan bo‘lishlari kerak. b) korxonalaming energetik resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uning miqdori xo‘jalikdagi jami energetik resurslar quwatini (ot kuchi 83 www.ziyouz.com kutubxonasi Eq-- hisobida) foydalanilayotgan qishloq xo'jalik yerlari yoki ekin maydoniga taqsimlab aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: E t = ~ ^ ~ Em(Qxy) Bunda: ERq - jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida); Em (Qxy) - jami ekin maydoni (qishloq xo'jalik yerlari). d) mehnatning energetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi.
U jami energetik resurslar quvvatini (ot kuchida) xodimlarning o‘rtacha yillik soniga taqsimlab aniqlanadi. Bunda ushbu formuladan foydalanish mumkin: ERg ' Xs Bunda: Xs - xodimlarining o'rtacha yillik soni (kishi). e) ishlaming mexanizatsiyalashganlik darajasi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun traktor, mexanizmlar, mashinalar yordamida bajarilgan ish hajmi korxona bo'yicha bajarilgan jami ishlar hajmiga taqsimlanadi va natija 100 ga ko'paytiriladi. U quyidagi fonnula yordamida aniqlanadi: M d = — x 100 Ji Bunda: M d - ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda; Mi - mashina, traktorlar, mexanizmlar yordamida bajarilgan ish; Ji - jami bajarilgan ish miqdori. Bu ko'rsatkich umumiy yoki ayrim ish, ekin turlari bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Masalan, ekinlami ekish, ularga ishlov berish, hosilini yig‘ishtirib olish, sigirlami sog'ish va hokazo. f) yangi texnikalardan, texnologiyalardan foydalanish natijasida xarajatlarning tejalishi. Uning darajasini aniqlash uchun yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan avval qilingan xarajatlardan ular joriy etilganidan so‘ng qilingan xarajatlar miqdori, summasi ayrilib, aniqlangan raqam dastlabki xarajatlarga taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: X\-X2 Xl = -xlOO x\ Bunda: X ) - yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi xarajatlar (so‘m); Xi - yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan keyingi xarajatlar (so‘m). g) mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Buni hisobuchun xo'jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini unda mavjud bo'lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: 84 www.ziyouz.com kutubxonasi MTPfk = — Ms Bunda: M TPjk- mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Fs - foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona). Ms - mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona). h) moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. Betalon gektarning, 1 tonna-kilometming, 1 kilovat-soatning tannarxi aniqlanadi. Ular quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: EGt - 1 etalon gektar tannarxi; Mx - mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami xarajat (ming so‘m); J l - jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga, tonna-kilometr, kilovat-soat). Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni hisoblab, moddiy-texnika resurslarining holati, darajasi, foydalanish samaradorligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Natijada ulardan foydalanish holatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilanadi. 4.3. Fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish imkoniyatlari. Qishloq xo'jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog‘liq. Fantexnika taraqqiyoti deganda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fanlaming rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Buning uchun ta’lim va ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun zarur boTgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini, serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg'or texnologiyalarni yaratadigan fanlaming rivojlanishini ta'minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori oshadi, sifati yaxshilanadi. Mamlakatimizda fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli haydov, ishlov bemvchi traktorlar, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda.
Yomg'irlatib, tomchilatib, 85 www.ziyouz.com kutubxonasi tuproq ostidan sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu hol qishloq xo‘jaligida samarali, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini ta'minlaydi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham mamlakatimiz qishloq xo'jaligiga tomchilatib sug‘orishni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur dastuming VII bo‘limida tegishli asbob-uskunalar va tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug'orish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bundan tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda jami 3710 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan. Tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun zarur asbob-uskunalar va tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Saniplast” 0 ‘zbekiston-lsroil qo'shma korxonasi mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar natijasida tashldl etilgan boTib, tomchilatib sug'orish tizimlarini ishlab chiqarish, loyihalami amalga oshirish, materiallami yetkazib berish va montaj qilish, ehtiyot qismlami yetkazish va servis xizmatini ko‘rsatish, ekinlami sug‘orish va o‘g‘itlash bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlar g‘o‘zani, bog‘ va issiqxonalami tomchilatib sug‘orishda qoTlaniladi. Fan-texnika taraqqiyotini joriy etishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Isroilda suv tanqis bo'lgan adirlarda quyosh batareyalari o‘matilgan boTib, tmung yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi va ushbu elektr energiyasi bilan ishlovchi nasoslar orqali yer osti suvlari chiqariladi. Ushbu suv yordamida ekinlar va bogTar sug‘oriladi. Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilaming tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg‘unlashishi lozim. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo‘jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalami, yangi navlami, zotlami yaratish, mavjud vositalami takomillashtirish, mehnatning xarakterini o'zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, ulami qayta ishlab, iste'molchilarga yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: • yangi yerlami kompleks o'zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta'minlanish tadbirlarini ta'minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish; 86 www.ziyouz.com kutubxonasi • tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish; • qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalami yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; • qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko'rsatish, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlaming zamr miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta'minlashni joriy etish; • qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining erkinlashtirilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlami yaratish va ulami hayotga izchillik bilan joriy etish; • fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo'lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko'rsatayotganlarning malakasini oshirish va rag‘batlantirishni takomillashtirish. Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi uchun zamr bo'lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga muvofiqdir. Bu texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu borada ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, g‘o‘zalami «Andijon texnologiyasi» asosida plyonka ostiga ekish, g‘o‘zalami sug‘orishda «Isroil texnologiyasi» ni joriy etish va boshqalar. Plyonka ostiga g‘o‘zani ekishda mahsulotni yog‘inli kunlarga qolmasdan erta yig'ishtirib olish, suv resurslarini tejash, begona o‘tlarga qarshi kurashishda ayrim ustunliklari mavjud. «Isroil texnologiyasi»da esa asosiy maqsad - suvni tejashga qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 gektar paxta maydoniga 4-5 marta kam suv berish ta'minlanadi. Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘i ekilib, seleksiya ishlari orqali mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Bu jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada kartoshkachilik rivojlandi, aholi ehtiyoji uchun chetdan kartoshka sotib olishga barham berildi. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Polsha, Gollandiya kabi mamlakatlardan malisuldor chorva mollari olib kelinmoqda hamda mahalliy sharoitlarda ularni ko‘paytirishga e'tibor berilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar vaqtni, mehnatni, mablag'ni tejash imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshishi, tannarx pasayishi va nihoyat, sof foyda summasi ko'payishini ta'minlaydi. 87 www.ziyouz.com kutubxonasi Shuning uchun samarali texnologiyalami yaratishga, ulami hayotga tatbiq etishga doimo katta e'tibor berish lozim. Mamlakatimizda infratuzilma sohalaridan biri bo‘lgan elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash, tannarxini pasaytirish maqsadida quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz olimlari tomonidan quyosh nuridan elektr energiyasi oluvchi batareyalar yaratilgan va uni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham mavjud. Ushbu usulda elektr energiyasi olishni keng joriy etish, ayniqsa, chekka qishloq joylarda quyosh batareyalarini o‘matish va ta’lim muassasalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi minisexlami elektr energiyasi bilan ta’minlash juda yuqori samara beradi. 4.4. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘IIari. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalami, jumladan, mineral o‘g‘itlami sotib olishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yowoyi o‘tlar hamda zararkunandalami kamaytirib, mehnat va mablag* sarflari tejalishini, mahsulot sifati yaxshilanishini ta’minlaydi. Korxonalar o‘zIariga kerak bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini sotib olishlari, o'zlari qurishlari hamda ta'mirlashlari mumkin. Masalan, binoinshootlami o‘zlari qurishlari yoki pudratchilar orqali qurishi, mashina, traktor, kombaynlami o‘zlarida yoki ixtisoslashgan korxonalarda ta’mirlashlari mumkin. Yangi qishloq xo'jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i va ozuqalami ishlab chiqamvchi korxonalardan bevosita o‘zlari yoki birjalar, auksionlar orqali sotib olishlari mumkin. Qishloq xo'jaligi korxonalari o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ba’zi turlarini qurishlari, ta’mirlashlari, sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga o‘zlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashiga ko'maklashish bo'yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yiIda 43 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib 88 www.ziyouz.com kutubxonasi bormoqda. Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing asosida olish shartlarining qulay ekanligi, hukumatimiz tomonidan lizing muddatining 7 yildan 10 yilga uzaytirilganligi, boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ham ulaming moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanganlik darajasining oshishiga olib kelmoqda. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor munosabatlari sharoitida har bir korxonaning o‘zi katta e’tibor berishi kerak. Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish bilan birgalikda ulardan to‘liq va samarali foydalanishga erishish lozim. Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta'kidlangan ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Lekin o'tish davrining hozirgi bosqichida ulardan foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina, traktor, kombaynlaming ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas. Bunday holat mashina, traktor hamda kombaynlaming ishga yaroqliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi vositalar yetishmasligi, baholarining yuqoriligi, ulami sotib olish uchun esa qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy resurslarining kamligi tufayli sodir boimoqda. 2010-yil holatiga mamlakatimizdagi chopiq traktorlarining 55 foizdan ortig'i va yer haydaydigan traktorlaming 46 foizi 15 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlatilayotgan texnikalardir. Boshqacha aytganda, ular belgilangan foydalanish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, quvvati, ish unumi va yoqilg‘i iste'mol qilish bo‘yicha zamonaviy standartlarga javob bennaydigan eski texnikalardir. Qishloq xo‘jalik texnikalarini yangilash bo'yicha avvalo chet elning ilg'or kompaniyalari bilan hamkorlilaii mustahkamlash talab qilinadi. Hukumatimiz bu borada Germaniyaning «Klaas» kompaniyasi bilan zamonaviy, ish unumi yuqori bo'lgan traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari va boshqa qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga e'tibor qaratmoqda. Xorijdagi boshqa mashhur firmalar bilan ham aloqalami yo‘lga qo'yish, birinchi navbatda, zamonaviy melioratsiya texnikasini ishlab chiqarish va ta'mirlashni tashkil qilish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika ta'minotim yaxshilashning asosiy yo'nalishlari quyidagilar: • har bir qishloq xo'jaligi mintaqasiga mos keladigan, iqtisodiy jihatdan samarali bo'lgan texnikalar bilan kompleks mexanizatsiyalashtirishga asoslangan tizimni yaratish; • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish; 89 www.ziyouz.com kutubxonasi • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga yondashish; • hududda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan qayta ishlash korxonalarini kengaytirish; • ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj oldirish va qurilishni takomillashtirish; • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining suv bilan to‘liq ta'minlanishiga erishish hamda sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash; • chorvachilikda mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; • qishloq xo'jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli, tezpishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish; • xizmat ko‘rsatuvchi korxonalaming moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Bu klaster O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 11 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Mashinasozlikdagi 5 ta korxona quvvatlari maqbullashtirilib, Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi negizida to‘liq siklli klaster tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun qariyb 38 ming kvadrat metr yangi inshootlar qurilib, 35 ming kvadrat metrdan ziyod mavjud binolar ta’mirlandi.
Klaster yiliga 15 ming dona traktor, tirkama va boshqa texnikalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mingta ish o‘rni yaratilgan. Yana bir muhim tomoni, tarmoq korxonalari orasida kooperasiya kengayishi, xarajatlar va mahsulot tannarxi qisqarishiga erishilgan.
Yaqinda klasterda birinchi mahalliy mahsulot - universal traktor ishlab chiqarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ilk namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, kombayn ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ishlarni davom ettirib, import mahsulotlarni mahalliylashtirish, bu jarayonga xususiy sektorni jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
- Qishloq xo‘jaligimizda texnikaga talab katta. Bizga arzon, muqobil, tejamkor texnika kerak. Buning uchun mahalliylashtirish va tannarx bo‘yicha ishlash zarur. Dehqonlarga arzon texnika yetkazib bermasak, manfaatdorlik bo‘lmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari texnikalarga xizmat ko‘rsatishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
- Bu klaster faqat sotuvchi emas, xizmat ko‘rsatuvchi ham bo‘lishi kerak, - deya ta’kidlandi.
Toshkent viloyati misolida servis maskanlari tashkil etish, yoshlarni bepul o‘qitib, sifatli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.
Klasterda ilm-fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, shu maqsadda zamonaviy ilm markazi ishga tushirildi. Bu yerda Germaniya va Shvesiya kompaniyalarining ta’lim markazlari bilan hamkorlikda uzluksiz dual ta’lim shaklidagi o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari talabalari nazariy bilimlarini klasterda amaliyot bilan mustahkamlab boradi.
Prezidentimiz mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
- Hozir joylarda, klasterlarda paxtani mashinada terish 50 foizga yaqinlashmoqda. Bu yil 6 oyda meva-sabzavotning o‘zidan 550 milliondan ko‘p eksport qildik, yaqin kelajakda 2-3 milliardga yetkazmoqchimiz. Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yana loyihalar ko‘p. Ularda mahsuldorlikni oshirish, odamlar mehnatini yengillashtirish uchun sifatli, xamyonbop texnikalar zarur, - dedi Prezident. 
Klaster faoliyatida muqobil elektr energiyasi manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 20 ming kvadrat metr maydonda quyosh batareyalarini o‘rnatildi. Bu klasterning elektr energiyasiga talabining 30 foizigacha ta’minlashi mumkin.


Yüklə 31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə