Mavzu: “Rezyume va uning turlari.” Bajardi: Tekshirdi: Angren 2023


Rezyume tuzish bo’yicha maslahatlar



Yüklə 191,6 Kb.
səhifə3/4
tarix15.03.2023
ölçüsü191,6 Kb.
#102552
1   2   3   4
Rezyume va uning turlari

Rezyume tuzish bo’yicha maslahatlar
Effektiv rezyume yaratish uchun ba’zi foydali maslahatlar:

  • Rezyumeni topshirilayotgan ish yoki sohaga moslashtiring. Ya’ni, yangi ish uchun eng mos bo’lgan kasbiy ko’nikmalar va tajribalarni ko’rsatilishi kerak. Imkon bo’lsa, har bir topshiralayotgan ishga rezyumeni moslash kerak. Qaysi tajriba va ko’nikmalarni urg’ulash kerakligini aniqlash uchun ish e’lonidan qo’llanma sifatida foydalansangiz bo’ladi.

  • Aniq va ixcham formatdan foydalaning. Rezyumeni o’qigan odamga uni o’qish va undan foydalanish oson bo’lishi kerak. Tajribangiz va ko’nikmalaringizni ko’rsatish uchun nuqtali yangi qatorlardan (ingl. tilida “bullet points”) va qisqa iboralardan foydalaning. Shu bilan birga, rezyumeingizga keraksiz yoki ahamiyatsiz ma’lumotlarni kiritmang.

  • Harakat fe’llaridan foydalaning. Lavozim mas’uliyatlari va natijalarini ko’rsatish uchun aktiv fe’llarni qo’llash muhim hisoblanadi. Masalan, “Men jamoani boshqarish uchun mas’ul edim” deyish o’rniga, “12 ta xodimdan iborat jamoani boshqardim” deb ifodalash mumkin.

  • Natija va yutuqlaringizni urg’ulash uchun raqamlardan foydalaning. Ishingizning ta’sirini ko’rsatish uchun iloji boricha raqamlardan foydalaning. Masalan, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar kamaytirildi” deyish o’rniga, “Mening loyiham orqali defekt mahsulotlar 5% ga kamaytirildi” deb aytish mumkin.

  • Imlo va grammatik xatolar yo’qligiga ishonch hosil qiling. Sizning rezyumeingizni boshqa odam ko’rib chiqishi ham yaxshi fikr. Qisqartma so’zlardan (abreviatura) iloji boricha kamroq ishlatilgani ma’qul.

  • Professional elektron pochta manzilidan foydalaning. “kulchanon@mail.ru” kabi shaxsiy elektron pochta manzillaridan foydalanish o’rniga, rezyumega “k.azimov@gmail.com” yoki “kozim.azimov@gmail.com” kabi ismingizni o’z ichiga olgan professionalroq elektron pochta manzilidan foydalanishni tavsiya qilinadi.


  • Yüklə 191,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə