Mavzu: “Rezyume va uning turlari.” Bajardi: Tekshirdi: Angren 2023



Yüklə 191,6 Kb.
səhifə2/4
tarix15.03.2023
ölçüsü191,6 Kb.
#102552
1   2   3   4
Rezyume va uning turlari

1. Xronologik rezyume: ushbu turdagi rezyumeda sizning ish tajribangiz va ma’lumotingiz haqidagi ma’lumotlar hronologik tarzda keltiriladi. U eng ohirgi ish joyingiz va lavozimingiz bilan boshlanib, eng birinchisi bilan yakunlanadi. Agar sizda ancha yillik ish tajribasi bo’lib karyerangizdagi barqaror o’sishni urg’ulamoqchi bo’lsangiz, ushbu format tanlangani ma’qul.
2. Funktstional rezyume: ushbu turdagi rezyumeda ish tarixi emas, balki asosan sizning kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizga urg’u beriladi. Agar ish tarixingizda tanaffus mavjud bo’lsa yoki ishga mos keluvchi qaysidur aniq ko’nikmalarni ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, ushbu format ko’proq tog’ri keladi.
3. Kombinatsiyalangan rezyume: nomidan ko’rinib turibdiki, ushbu turdagi rezyume xronologik va funktsional rezyumening xususiyatlarini birlashtiradi. Ya’ni, sizning ish tajribangiz va ma’lumotingizni teskari xronologik tartibda sanab o’tib, yana qo’shimcha ravishda kasbiy ko’nikmalaringiz va yutuqlaringizni ta’kidlaydigan bo’limi ham keltiriladi.
4. Maqsadlangan rezyume: ushbu turdagi rezyume siz topshirayotgan ishga moslashtirilgan bo’ladi. Ya’ni, faqat shu lavozimga mos keladigan kasbiy ko’nikmalaringiz va tajribalaringizni urg’ulaydi va o’tmishda ushbu ko’nikmalardan qanday foydalanganingizning aniq misollarini o’z ichiga oladi.
Rezyume bo’limlari
Rezyume tuzishda quyidagi standart bo’limlar ketma-ketligidan foydalanish mumkin:

  • Aloqa ma’lumotlari: Bu sizning ismingiz, telefon raqamingiz va elektron pochta manzilingizni o’z ichiga olishi kerak.

  • Karyerangiz haqida qisqacha ma’lumot (ihtiyoriy): bu bo’lim ro’yxat shaklida (bullet points) yoki bir abzats matn shaklida berilishi, unda sizning kasbingiz va yangi ishga mos keladigan ko’nikmalar va tajribalaringiz haqida ma’lumot berishingiz mumkin. Masalan, “16-yillik bir nechta sanoat tashkilotlarida audit sohasida mehnat tajribasiga ega bo’lgan hisobchi, Westminster Universitetida “Biznes boshqaruvi” magistr programmasini bitirgan, ACCA xalqaro sertifikatiga ega.”

  • Ish tajribasi: bu bo’limda oldingi ish joyingizni oxirgi lavozimingizdan boshlab teskari xronologik tartibda sanab o’tish kerak. Ish beruvchilarning nomlari, lavozimlar va ishlagan muddat sanalari kiritiladi. Agar uzoq yillar ishlagan bo’lsangiz, odatda ohirgi 5-10 yilni qamrovchi mehnat tafsilotlari ko’rsatiladi.

  • O’qish joylari: bu bo’limda olingan ta’lim, jumladan, muassasa nomi, olgan ilmiy darajangiz va soha yo’nalishi va o’qish muddati sanalari beriladi. Agar yaqinda karyerangizni boshlagan bo’lsangiz, unda rezyumedagi ta’lim bo’limi ish tajribasi bo’limidan oldin kelishi tavsiya qilinadi.

  • Kasbiy ko’nikmalar va sertifikatlar: bu bo’limda yangi ishga mos bo’lgan ko’nikmalar va prefessional sertifikatlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, chet tillari, kompyuterda dasturlash tillari, haydovchilik guvohnomasi va hokazo.

  • Shaxsiy ma’lumotlar: tug’ilgan yil, yashash manzili (shahar nomi), oilaviy ahvol, viza statusi kabi ma’lumotlar ko’rsatiladi. Agar rasm so’ralmagan bo’lsa, uni qo’shish shart emas. Muayyan tajribangiz va murojaat etayotgan ishingizga qarab, boshqa bo’limlarni, masalan, volontyorlik mehnati, kasbiy assotsiatsiyalar, mukoforlar va unvonlar, ilmiy maqolalar, qiziqish va hobbilar bo’yicha bo’limlarni qo’shish ham mumkin.


Yüklə 191,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə