Mavzu: sanatoriy-kurort faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy hodisa sifatida


 Sanatoriy-kurort faoliyati to’g’risida tushuncha



Yüklə 335,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix11.12.2023
ölçüsü335,75 Kb.
#147384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-amaliy mashg`ulot. Sanatoriya va kurort ishi.

1.3. Sanatoriy-kurort faoliyati to’g’risida tushuncha. 
Dam olish
, hordiq chiqarish — charchoqni yozadigan, kuch quvvatni asliga 
keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom holati. 
Mehnat va dam olish odamning oʻqish va b. faoliyatlari bilan uzviy bogʻlangan. 
Yetarli dam olmaslik — ish qobiliyatining pasayishi va hatto yoʻqolishi, 
organizmning himoya kuchi susayishi, turli kasalliklar paydo boʻlishiga sabab 
boʻlishi mumkin. Mehnat va dam olishni toʻgʻri tashkil etish salomatlik va ish 
qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi. 
Fiziologik maʼnoda dam olish — faoliyatning alohida holati boʻlib, bunda 
ishlamay turgan hujayralar oʻz normal tarkibini tiklaydi. Dam olishning 
ahamiyatini I.M. Sechenov va b. fiziolog olimlar isbotlab bergan. Uyqu dam 
olishning eng taʼsirli turi boʻlib, uyqu paytida birinchi navbatda miya hujayralarida 
tiklanish jarayoni jadal boradi. Bir xil ishdan boshqasiga oʻtish, aqliy faoliyatni 
yengil jismoniy mehnat bilan navbatlash charchoqni yoʻqotadi; bu ham Dam 
olishning oʻziga xos turi hisoblanadi. Ogʻir jismoniy yoki aqliy mexnatdan keyin 
ish qobiliyatini mumkin qadar tezroq tiklash uchun passiv dam olishni (tamomila 
tinch holatda) aktiv dam olish bilan navbatlash lozim. 
Dam olishning 3 turi (
kundalik, bir haftalik va yillik dam olish
) mavjud. 
Kundalik dam olishga ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslarda 
bajariladigan i. ch. gimnastikasi kiradi. Ovqatlanishga ajratilgan vaqtning bir 
qismini toza havoda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Kundalik dam olish tiniqib 
uxlash bilan yakunlanadi. Haftada 5 kun ishlab 2 kun dam olish sof havoda 
uzoqroq boʻlish, sport bilan shugʻullanish imkonini beradi. Yillik dam olish taʼtil 
davomida taʼminlanadi. Yillik mehnat taʼtilida tabiat quchogʻida boʻlish, havo va 


quyosh vannalari organizmni chiniqtirishda nihoyatda foydali. Oqilona dam olish 
tartibi koʻpgina omillar, xususan, mehnat sharoitlari, kishining yoshi va b.ga qarab 
tanlanadi. 
Sanatoriy-kurort faoliyati - bu mamlakat aholisining kasallanishining oldini 
olish va sog'lomlashtirish bo'yicha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyat turi 
bo'lib, u birinchi navbatda faol (shu jumladan ish) hayot davrining davomiyligini 
oshirishga qaratilgan va tibbiy, dam olish maskanlari va kurortlarida yashash 
vaqtida amalga oshiriladi. U bir qancha asosiy omillarni o‘zida mujassam etgan: 
kurortda qolish, sanatoriy-kurortda davolanish, tibbiy reabilitatsiya va 
sog‘lomlashtirish, tibbiy xizmatlar, parhez ovqatlanish, ovqatlanish xizmatlari va 
dam oluvchilarning madaniy hordiq chiqarishi. 

Yüklə 335,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə