Mavzu: sanatoriy-kurort faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy hodisa sifatida



Yüklə 335,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix11.12.2023
ölçüsü335,75 Kb.
#147384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-amaliy mashg`ulot. Sanatoriya va kurort ishi.

sanatoriy-kurort majmuasi 
deganda sanatoriy-sog‘lomlashtirish va 
rekreatsion xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan turli tashkilotlarning kurort 
zonalarida joylashgan hamda o‘ziga xos ixtisosligini saqlab qolgan holda o‘z 
faoliyatida tabiiy va rekreasiya resurslaridan foydalanadigan tarmoqlararo 
birlashmasi tushunilishi mumkin. 
Shunday qilib, 
sanatoriy-kurort majmuasi 
kurortlarda joylashgan va turli 
maqsadlarda kurortga kelgan dam oluvchilarni joylashtirish va ularga xizmat 
ko'rsatish uchun mo'ljallangan turli xil faoliyat sohalaridagi tashkilotlarni (shu 
jumladan, kurort muassasalari, mehmondo'stlik sanoati tashkilotlari) o'z ichiga 
oladi. 
 
1.5. Sanatoriy-kurort tashkilotlarining asosiy turlari.
Sanatoriy
(lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolash profilaktika 
muassasasi. Sanatoriylarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, 
shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi 
qoʻllaniladi, parhez ovqatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. 
Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchi xizmatchilar uchun sanatoriy 
profilaktoriylar tashkil qilinadi. Sanatoriy profilaktoriylar korxona maʼmuriyati va 
kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston sanatoriylarida iqlim, quyosh, 
balneo-balchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng 


foydalaniladi. Sanatoriylarda kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariya gigiyena 
shart-sharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy Sanatoriylarda) joylashadi. 
Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi.
Kurort, kurortlar
(nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga 
foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, 
shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va boshqalar)ga ega va shu vositalarni davolash-
profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday 
joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining harakteriga koʻra, 
balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan (qarang 
Balchiq bilan 
davolash
) va iqlimiy (qarang 
Iqlim bilan davolash
) kurortlar farq qilinadi. Koʻp 
kurortlarda bir necha xil davo omillari (balchiqli balneologik, balneoiqlimiy, 
iqlimiy balneologik-balchiqli) boʻladi.

Yüklə 335,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə