Mavzu: Sinflarni yaratishda funksiyalarni qayta yuklash mexanizimidan unumli foydalanish. Reja: Kirish


Java dasturlash tilida Overriding (qayta yuklash) funksiyalari



Yüklə 155,87 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü155,87 Kb.
#158242
1   2   3   4   5   6   7   8
Sinflarni yaratishda funksiyalarni qayta yuklash mexanizimidan unumli foydalanish.

3. Java dasturlash tilida Overriding (qayta yuklash) funksiyalari

Agar subclassimizdagi (bola klass) funksiya super(ota klass) klassimizdagi funksiya bilan bir xil bo'lsa, bu funksiyalar qayta yuklanuvchi funksiyalar deyiladi.


Javada qayta yuklanuvchi funksiyadan foydalanish:

  1. Qayta yuklanuvchi funksiyadan avvaldan Ota klassda yaratib qo'yilgan funksiyaning o'ziga xos amalga oshirilishini ta'minlashda;

  2. Qayta yuklanuvchi funksiyaning ishchi vaqt (runtime)da (ko'p formalik) polymorphismda

foydalaniladi.
Javada Qayta yuklanuvchi funksiya uchun qoidalar:

  • Funksiya super klass(ota) dagi funksiya nomi bilan bir xil bo'lishi kerak

  • Funksiya super klass(ota )dagi funksiya parametrlari bilan bir xil bo'lishi lozim

  • Klass meros olgan bo'lishi kerak

class Vehicle
{
void run()
{
System.out.println("Vehicle is running");
}
}
class Bike2 extends Vehicle
{
void run()
{
System.out.println("Bike is running safely");
}
public static void main(String args[]){
Bike2 obj = new Bike2();
obj.run();
}
ekranda : Bike is running safely
Bu misolda run() funksiyasi sub klass va super klasslarda yaratilgan. Bu funksiyalarni nomi va parametrlari o'xshash va klasslar bir-biri bilan bog'langan, shuning uchun qayta yuklanuvchi funksiyalar hosil bo'lyapti.
Static funksiyalar hech qachon qayta yuklanuvchi funksiya bo'lmaydi. Chunki static funksiyalar klass bilan bog'langan va u obyekt bilan bog'liq. Main funksiyalari ham qayta yuklanmaydi, chunki u static funksiyadir.


Yüklə 155,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə