Mavzu: Sport faoliyatining psixologik tavsifi Reja



Yüklə 65,46 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü65,46 Kb.
#160154
1   2   3
Ubaydullayev samoyiddin 1

Kuzatish uslubi. Bu uslub sport musobaqasi va mashg’uloti jarayonida sportchi ruhiy sifatlarini kuzatib borish bilan birga, sportchi psixikasini xarakterlovchi zaruriy materiallarni ko‘proq yig’ishdan iborat. Psixologiya fanida kuzatish uslubi: ob’yektiv (tashqi) hamda sub’yektiv (ichki) kuzatishdan iborat ikki qismga ajratilib o‘rganiladi. Kuzatish uslubi vositasida quyidagi jarayonlar o‘rganiladi: a) umumiy maqsad va vazifalarni belgilash; b) kuzatish ob’yektini tanlash; d) sportchining qaysi tomonlarini kuzatish haqida maqsad va vazifalarni belgilash; e) sportchining mashq va musobaqa jarayonida qaysi tomonlarini kuzatish ob’yektini tanlash; d) kuzatish sub’yekti (sinaluvchi sportchi)ni aniqlash; f) kuzatish muddati (vaqti)ni belgilash; g) sportchini izchil va muntazam kuzatishga erishish, ya’ni har xil faoliyat turlarida, jumladan, musobaqada, mashqda, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan munosabatini kuzatish; h) individual yoki sport guruhlarini yoppasiga kuzatish; i) kuzatish mahsulini qayd etib borishda kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video kamera va magnitofon vositalaridan foydalanish.

Sportchi qanchalik aqlli, zakovatli, yetuk bo‘lsa, sport mashg’uloti va musobaqa jarayonida muvaffaqiyatga erishish holati shunchalik yengil kechadi. Sportchi o‘zining individual jismoniy xususiyatlarini o‘zgartirish asosida mantiqiy jihatdan ham jismoniy, ham ruhiy rivojlanish imkoniyatiga ega. Sportchining bilish jarayoni, individual xususiyatlari, hissiyotlarini o‘rganish yo‘li o‘z-o‘zini ichki va tashqi kuzatish orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan, kuzatishning har ikkala yo‘lini inobatga olgan holda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilsa, u taqdirda kutilgan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Ko‘pincha tajribali ruhshunos, o‘qituvchi, pedagog va murabbiylar o‘z-o‘zini kuzatish orqali to‘plagan ma’lumotlarga asoslangan holda o‘zgalar fikr yuritishini tahlil qilish bilan chegaralanmasdan, sportchining tashqi (ob’yektiv) va ichki (sub’yektiv) harakatlari va xulq-avtori haqida ham ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar olinadi. Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik tayyorgarlik holati qay tarzda, qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi kuzatiladi.


boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarning jismoniy harakat va o‘yin faoliyatini kuzatish orqali harakatning, obrazli tafakkurning rivojlanishiga harakatli va syujetli o‘yin turlarining ta’siri, kuchli ekanligini shuningdek, sport bilan shug’ullanayotgan o‘quvchining sport turlari bo‘yicha mustaqil fikr yuritishi; g’alaba, hayajon, ehtiros kabi aqliy hislarning paydo bo‘lishi uning sport haqidagi tafakkurining o‘sishiga ta’siri juda yaqqol aniqlanadi. tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport bilan shug’ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi, chidamliligi, tashabbuskorligi, sport musobaqasi jarayonida fikrining bir ob’yektga yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz alomatlaridagi tashvish va iztirob, ko‘zlaridagi g’ayritabiiy holat, o‘z-o‘zicha ichki nutqning paydo bo‘lishi; o‘z raqibiga, tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g’azab va xursandlik kabi ruhiy kechinmalarini kuzatish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatlarini ishlab chiqish mumkin. shuningdek, sportchining sportdagi ijodkorligi va erishgan natijalarini kuzatish orqali sportga o‘ta berilishi; xavfli vaziyatlarda qo‘lining, umuman, tanasining titrashi; kayfiyatidagi beqarorlikni aniqlash bilan sportchining o‘zini boshqarishi, o‘zini tuta bilishi qay tarzda kechishi bo‘yicha u yoki bu xulosaga kelinadi. kuzatishning qulay va samarali jihatlari bilan birga, uning zaif tomonlari ham mavjud. jumladan, sportchi xarakterida ifodalanadigan keskin o‘zgarishlar yuz berish sababini kuzatish yordamida o‘zgarib bo‘lmaydi. shu sababli sportchi ruhiyatini tadqiq etishda boshqa uslublardan ham foydalanishga to‘g’ri keladi.
2. Tashkiliy uslub. Bu uslubda tajribaning ilmiy strategik tomonlari aniqlanadi. Bu guruhdagi uslublarga quyidagilar kiradi: a) taqqoslash uslubi orqali sportchining turli darajadagi ruhiyati, holati, tuzilishi, yosh xususiyatlari, jinsi, ruhiy tayyorgarligi va jismoniy tarbiyaga xos xarakter xususiyatlari o‘rganiladi; b) tashkiliy uslub yordamida sportchining ko‘p yillik maxsus jismoniy mashqlar bajarish jarayonidagi harakatlarining rivojlanishi o‘rganiladi. Bu uslub maktabda jismoniy madaniyat o‘qitishni takomillashtiradi, sportchilarning ko‘p yillik sport mashg’uloti jarayonining sifatini oshirishda qo‘l keladi; v) umumiylik uslubining asosiy maqsadi birorta ob’yektni har tomonlama o‘rganishdan iborat. Jumladan, sportchining laboratoriyadagi harakatlari kamerada maxsus texnik asboblar yordamida o‘rganiladi; reaksiya tezligi, his-tuyg’ulari tahlil etiladi.
3. Tabiiy tajriba o‘tkazish uslubi aniq faoliyatni tashkil etishda qo‘llaniladi. Jismoniy madaniyat darsida, sport musobaqasi davrida aniq sifatlar o‘rganiladi. Bu uslubda tajriba o‘tkazuvchi kishi sportchiga bildirmasdan uning o‘ziga kerakli tomonlarni o‘rganadi. Masalan, qobiliyatini, malakasini, qiziqishlarini o‘rganishga harakat qiladi.
4. Psixodiagnostika uslubi orqali sportchining jismoniy va ruhiy harakatlarining rivojlanishi o‘rganiladi. Jumladan, aniq sport turlarining maxsus jihatlarini; sportchining musobaqadan oldingi, musobaqa davridagi, musobaqadan keyingi ruhiy holatini; sportchining musobaqaga tayyorgarligi va sport mashqlarini bajarishdagi ruhiy kuchlanishini o‘rganadi. Bu uslubdan sportchilarni komandaga saralab olishda, ularning aqliy, his-tuyg’ulari, irodaviy sifatlarini aniqlashda foydalanish mumkin.
5. Empirik uslub. Bu uslubda suhbat, anketa, reyting, sosiometriya va biografiya usullaridan foydalansa bo‘ladi. Bunga ham o‘z-o‘zini kuzatish uslublari kiradi.
6. Miqdor sifatlarini tahlil qilish uslubi. Bu uslubda matematik hisob-kitoblar yordamida aniq materiallar ishlab chiqiladi. Birinchidan, sportchilar asab tizimining kuchli yoki kuchsizligiga qarab guruhlarga ajratiladi. Ikkinchidan, asab tizimining tiplarini o‘rganish orqali ularning temperamenti aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonunida ta’lim oluvchilarni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va psixologik uslublarini ishlab chiqish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlanadi.
Oliy ta’lim tizimida ham talabalarga pedagogik va psixologik bilimlarni o‘rgatishda ularda ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarkib toptirish zarur. Jumladan, psixologiya darslarida har bir talabaga kelajakda yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash borasidagi ishlar o‘zlarining ma’naviy burchi ekanligini anglab, bu vazifani zavq-shavq va mamnuniyat bilan bajarishga odatlanish zarurligini uqtirish lozim. Zero, yuksak madaniyatli, adolatli, talabchan, intizomli, shirinso‘z sport xodimlari va sportchilarni tayyorlash, talabalarni mustaqil oilaviy va ijtimoiy hayotga yo‘llash shu kunning asosiy talablaridan biridir.
Sportchining guruh va jamoada shaxs sifatida o‘zlari yashab turgan jamiyat tomonidan qabul qilingan axloqiy talablarni ado etishlari ma’naviy his-tuyg’ularini shakllantirish asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda sportchining murakkab, sermazmun, kuchli hislari: o‘rtoqlik va do‘stlik hislari; muhabbat, rashk, yoqtirmaslik, nafrat hislari; insonparvarlik va vatanparvarlik hislari; ishchanlik munosabatlari huquq va burchlar tengligiga bo‘ysunishga asoslanishi lozim. Shuningdek, sportchilar shaxsiy munosabatlarda psixologik sabablarning o‘zaro bir-biriga bog’liq tomonlariga, jumladan, yoqtirish, hamjihatlik, shaxsiy manfaatlarga asoslanmasligi, o‘z vazifalarini bajarayotganlarida xudbinlik bilan biror g’arazli maqsadni ko‘zlamasligi lozim. Ma’naviy his-tuyg’ulari kamol topgan sportchilar jamiyat foydasiga bo‘ladigan ishlarni bajarayotganlarida yuksak ma’naviy hislarga to‘lib-toshadi, buni o‘zlari uchun baxt deb bilishadi. Sportchining ma’naviy burch hissi sport mashg’uloti va o‘qish jarayonida yana-da yaqqolroq, yorqinroq namoyon bo‘ladi. Shu narsa yaxshi ma’lumki, sportchilarni o‘qitish va tarbiyalash katta ma’naviy mas’uliyatni talab qiladi. Mas’uliyat hissi talaba-sportchilarni o‘z burchini anglashga undaydi. O‘z burchini anglashning o‘ziyoq sportchida tetiklik, mamnunlik va xursandlik hissini, o‘z kuchiga ishonch hissini, yuksak optimizm hissini tug’diradi.
Sportchidagi optimizm real go‘zallik va xursandlik hissidir. Ma’naviy his mustaqil jamiyat qurayotgan, tinchlik uchun kurashchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining shon va sharaf hissidir. Barcha ma’naviy hislar kabi sport faoliyatida namoyon bo‘layotgan hislar ham iroda bilan chambarchas bog’langan bo‘lib, talaba va sportchilarning ma’naviy xislatlarini belgilab beradi.
Universitetda «Sport psixologiyasi» fanini o‘qitishda talabalarda shakllanayotgan axloqiy prinsiplar, o‘zaro munosabatda namoyon bo‘layotgan asosiy ma’naviy hislarni kamol toptirishga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Chunki ma’naviy his har bir talabaning o‘z qadr-qimmatini hurmat qilishda ifodalanadi. Hozirgi kunda do‘stlik, o‘rtoqlik va birodarlik, bir-birlarini hurmat qilish, bir-biriga tanqidiy munosabatda bo‘lish kabi yuksak axloqiy sifatlar sportchilarning turmushiga singib bormoqda.
Sportchi qalbida kechadigan, tug’yon urfan ma’naviy hislar nuqul individual tuyg’ular, ya’ni sportchining shaxsiy (o‘z) xatti-harakatiga bog’liq bo‘lgan hislar bilangina cheklanib qolmaydi. Sportchidagi ma’naviy hislarning xususiyati shundan iboratki, boshqa kishilarning xatti-harakati axloqiy me’yorlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda u xursand bo‘ladi, bu xatti-harakatlar axloqiy qoidalarga nomuvofiq bo‘lganda g’azablanadi.
Sportchilardagi tashabbuskorlik ularning boshqa sportchilarda tug’ilgan hislarni o‘zlarida idrok qila bilish qobiliyatlarida ifodalanadi: kishilarga xayrxohlik ko‘rsatib, ularning xursandligiga ham, g’am-g’ussasiga ham sherik bo‘ladi. Do‘stlarining dushmaniga dushman; nafratiga, xursanchiligiga sherik bo‘ladi. Sportchilardagi mana shu xilma-xil hislar jamoada, oilada, universitetda, guruhda va shu kabilarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda talabalar jamoasining «Kamolot», «Olimpiada», «Universiada» kabi yangi shakllari paydo bo‘lib, turli xil sport musobaqalari keng o‘tkazilmoqda. Bu jamoalar a’zolari o‘qishda yoki boshqa turli faoliyat turlaruda o‘zaro mas’uliyatni his qilishda, butun jamoaning va shu jamoadagi har bir sportchining muvaffaqiyatlari to‘g’risida g’amxo‘rlik qilishda, jamoa oldida turgan vazifalarni sharaf bilan bajarishda o‘zlarining ijobiy xislatlarini namoyon qilmoqda.
«Sport psixologiyasi» fani bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va murabbiylarga har bir sport turi bo‘yicha psixologik ta’lim berishda hamda fizkultura harakatlarini tashkil etishning tashkiliy va tarkibiy tizilmalarini ishlab chiqishda yordam beradi. Bu fan jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash fakultetlarida, jismoniy madaniyat bilim yurtlarida majburiy ta’lim hisoblanadi. «Sport psixologiyasi» fani psixologiyaning yangi sohasi bo‘lib bu soha 1913 yilda Pe’rde Kubertenning Olimpiada qo‘mitasi tashkil qilinishi munosabati bilan shakllana boshladi. 1920–40-yillarda Germaniya, Amerika va boshqa davlatlarda «Sport psixologiyasi» fani ommaviylashdi. Umuman olganda, ikkinchi jahon urushidan keyin «Sport psixologiyasi» fani tez rivojlandi. Jahon rekordlarining o‘sishi bu fanining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Jahon birinchiligi, olimpiada o‘yinlarda kuzatilgan natijalar sportchining psixologik tayyorgarligi ularning yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishida asosiy omillardan biri ekanligi qayta-qayta isbotlandi.
1965-yil Rimda birinchi sport psixologiyasi kongressi o‘tkazildi. Bunda doimiy rahbarlik organi va jamiyat prezidenti saylandi. Sport psixologiyasi bo‘yicha keyingi kongresslar 1973-yil Madridda, 1977-yil Pragada, 1986-yil Vashingtonda o‘tkazildi. Madriddagi kongressda chexoslavakiyalik professor Miroslov Vanek jamiyat prezidenti etib saylandi. 1970-yildan boshlab maxsus xalqaro sport psixologiya jurnali chiqarila boshlandi. 1967-yilda Shimoliy Amerikada, 1969 yilda Yevropa davlatlarida sport psixologiyasi tashkilotlari tuzildi.
Sportchining shaxs sifatida rivojlanishi murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Chunki bir avlod sportchilar tomonidan o‘zlashtirilgan xususiyatlar ikkinchi avlod sportchilariga o‘tadi va ular tomonidan o‘zlashtiriladi. Shuning uchun har kungi tarbiyaviy faoliyat kelajakni nazarda tutgan holda olib borilishi kerak. Sportchi o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qiladi, o‘z-o‘zini kuzatadi va o‘z-o‘ziga baho berib boradi. O‘z-o‘ziga baho berish jarayoni sportchining o‘z imkoniyatlarini hisobga olgan holda u yoki bu maqsadni qo‘yish bilan bog’liq. O‘z-o‘ziga to‘g’ri baho berish sportchida ma’naviy qoniqish hissini tarbiyalaydi va o‘z qadr-qimmatini anglash hissini kamol toptiradi.
Murabbiy sportchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonida uning emotsiya va hislarini hisobga olishi kerak. Chunki ularning o‘zgarish sabablari tashqi ta’sir bilan bir qatorda sportchining o‘ziga ham bog’liqdir. Affektiv reaksiyalarning paydo bo‘lish qonuniyatlarini va ularni yechish uslublarini bilish, sportchi xulq-atvorini, axloqiyligini ta’minlabgina qolmay, uni turli qiyin va munozarali vaziyatlardan chiqishiga yordam beradi va shu bilan bir qatorda, o‘z ruhiy sog’ligini saqlab qolishga ham imkon yaratadi.
«Sport psixologiyasi» fani sobiq Ittifoqda biror bir respublikada, shu jumladan, O‘zbekistonda ham bir tekisda rivojlanmadi. Rus tili davlat tili bo‘lgani sababli, o‘zbek olimlari «Sport psixologiyasi» fanini o‘zlashtirishda ancha qiyinchiliklarga uchradilar sobiq Ittifoq rahbarlari milliy respublika vakillarini bu fanni jahon miqyosida ham nazariy, ham amaliy jihatda o‘zlashtirib olishlari uchun chet davlatlarga malaka oshirishga yoki tajriba almashishga yubormas edilar. O‘sha davrlarda «Sport psixologiyasi» fani Rossiya federasiyasi olimlari tomonidan o‘rganildi, xolos. Bu borada 1925–26-yillarda P.A.Rudik tomonidan Moskva Jismoniy tarbiya institutining psixologiya kafedrasida bir talay ijobiy ishlar bajariladi. A.S.Puni Leninigrad Jismoniy tarbiya institutida sport psixologiyasiga doir ilmiy izlanishlar olib bordi. Gruziya, Armaniston, Latviyada va boshqa respublikalarda, jumladan, 1960-yillarda O‘zbekiston jismoniy tarbiya institutida sport psixologiyasi kafedralari tashkil qilindi. 1946-yilda Lesgaft nomidagi Leningrad Jismoniy tarbiya instituti kafedrasida A.I.Puni rahbarligida sport psixologiyasi bo‘yicha aspirantura ochildi. 1952-yilda A.I.Puni birinchi bo‘lib, «Sport psixologiyasi» fanidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Undan keyin birin-ketin mazkur fan bo‘yicha monografiyalar chiqa boshladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham «Sport psixologiyasi» faniga katta e’tibor berilmoqda, ko‘plab ilmiy ishlar chop qilinmoqda, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozilib, himoya qilinmoqda. Mazkur ilmiy tadqiqotlar sportchi ruhiyatining turli qirralarini o‘rganishga, tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, inson ruhiyatiningxilma-xil jihatlariga tavsif beradi. Binobarin sportchi faoliyatining har bir sohasi o‘ziga xos xususiytlarga ega. Bu faoliyat turlari sportchi ruhiyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, uni rivojlantirildi, shaxs sifatida kamolga etkazadi.
«Sport psixologiyasi» fani o‘z predmetini o‘rganish jarayonida jismoniy tarbiya va sport faoliyatining quyidagi fanni o‘qitishning amaliy ahamiyatini o‘zida ifoda etgan jihatlariga alohida e’tibor beradi:
1. Insonning o‘zi predmet faoliyati sifatida, ya’ni faqat sub’yekt emas, balki ob’yekt sifatida ham qatnashadi. Demak, faqat boshqa kishilar (jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, murabbiy, sudya va sport raqibi sifatida) emas, o‘zi uchun ham tadqiqot ob’yekti hisoblanadi.
2. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatining maqsadi tarbiya masalasi bilan shug’ullanish, ya’ni yoshlarga, talabalarga, sportchilarga jismoniy va ma’naviy tarbiya berish ekanligini hisobga olish.
3. Jismoniy tarbiya va sport insondan jismoniy hamda psixologik kuchlanishni talab qiladigan mehnat sohasi ekanligini hisobga olish.
  1. Sport faoliyatining hamma sohasini musobaqa tashkil etadi.


5. Jismoniy tarbiya faoliyatining natijasini sog’lomlashtirish, ta’lim-tarbiya turlari tashkil etadi. Kishilarni har tomonlama rivojlangan, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi.


6. «Sport psixologiyasi» fani sport nazariyasi va amaliyot bilan birgalikda ish yuritadi. Bu fan nazariy bilim berish bilan birga, amaliy va harbiy bilimlar berishga ham yo‘naltirilgan.







Yüklə 65,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə