Mavzu: sport pedagogik mahoratni oshirish



Yüklə 3 Mb.
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü3 Mb.
#106212
  1   2   3   4   5   6
Sport pedagogik mahoratni oshirish (2)


MAVZU: SPORT PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISH

REJA:
1.Sport kurashini o‘rgatishning pedagogik asosi


2. Sportchiga kurash bilimlarini berish va mustahkamlash
3.Dyuzdo, Sanbo kurash turlari

1.Sport kurashini o‘rgatishning pedagogik asosi
Sport kurashini o‘rgatish-shug‘ullanuvchilarda bilim, mahorat va ko‘nikmalami shakllantirishga qaratilgan har tomonlama rivojlanish vazifasini bevosita amalga oshirishda pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Sport kurashini o‘rgatishda tanlangan sport kurashi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotini jarayonini rejalashtirish va tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda tegishli sport anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish lozim. Murabbiy-murabbiylik faoliyati bilimga chuqur ega bo‘lgan holda siyosiy va tarbiyaviy jihatdan savodli bo‘lishi darkor. 0 ‘quv mashg‘uloti jarayonida shug‘ullanuvchilardan vatanparvarlik, jamoatchilik, mehnatsevarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, qat’iylik kabi xislatlarni tarbiyalashdan iborat. Ayni paytda shu^ullanuvchi sportchilarga ongli intizom, ish rejimiga rioya qilish, mashg‘ulotilar, o‘qish va dam olish tartibiga rioya qilish, gigiyenik talablarni bajarishni tartibli ravishda taqozo etiladi. Murabbiyning vazifasi-sportchini boshlang‘ich tayyorgarlik davridan bosh lab to sport mahorati darajasigacha malakasini oshirib, yuqorida ko‘rsatilgan vazifalami ulaming ongiga singdirish, sportchilaming mustaqil ravishda o‘z harakat ko‘nikmalarini boshqarish, qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Sportchida yuksak sport mahorati shakllanishida kurash usullarini o‘zlashtirish jarayonini texnika va taktika jihatdan to‘g‘ri o‘rganish turadi. U buning uchun o‘qituvchi-murabbiy rasmiy o‘quv dasturi, shuningdek, o‘z shaxsiy bilim va tajribasidan foydalanadi.
Sportchilarga tahsil jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinishi lozimdir:
1. Bilim to‘g‘risida ma’lumot.
2. Bilimni shakllantirish.
3. Bilimni takomiilashtirish.
4. Ko‘nikmani shakllantirish.
5. Ko‘nikmani takomillashtirish.
Murabbiy o‘quv mashg‘uloti va shug‘ullanuvchilaming tarbiyaviy ishlami tashkil etish va olib borishda ularning oila boshliqlari, yoshlar tashkiloti, maktab, mahalla mutasaddi xodimlari bilan birga mustahkam aloqada olib borishadi.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə