Mavzu: sport pedagogik mahoratni oshirish



Yüklə 3 Mb.
səhifə3/6
tarix19.04.2023
ölçüsü3 Mb.
#106212
1   2   3   4   5   6
Sport pedagogik mahoratni oshirish (2)

Imitatsion mashqlar. Bu mashqlami kurashchi alohida, o‘zi bajarishi mumkin yoki bo‘lmasa sherigi bilan bajarishi ham mumkin. Kurashchi imitatsiya qilishida uslubni bo‘lib-bo‘lib bajarishi yoki to‘liq o‘zini imitatsiya qilishi mumkin. Imitatsion mashqlar texnik harakatlami takomillashtirishda yordam beradi.
Sportchi kurashda raqib bilan mustahkam aloqada sport natijalariga erishadi. Raqib bilan hamkorlikda qatnashish faqatgina raqib qarshiligini yengishgina emas, balki shuningdek raqib harakatidan foydalanib, o‘z harakatlarini faol tashkil qilish va amalga oshirishga ham olib keladi. Kurashchilardan kimning hujum qilayotganligi yoki himoyalanayotganligiga qarab kurashchilar hujum qiluvchi va hujumga uchraganga bo‘linadi. Odatda, kurashchilarga raqibi, gilamga nisbatan turli holatda turishga to‘g‘ri keladi. O‘qituvchi nima uchun muayyan holatning to‘g‘riligini, mashqning eng foyda bilan qanday bajarish kerakligini, mazkur ushlash yoki usul
qanday yutuq keltirishini va boshqalarini tushuntiradi.

  1. O‘quvchi ikki yo‘l bo‘yicha o‘qituvchidan ma’lumot olib,bilimni egallashi mumkin:

1 -signal tizimi (ko‘rsatish uslubi) orqali;
2-signal tizimi (og‘zaki bayon etish uslubi) orqali.
Ko'rsatish uchun quyidagi uslublardan foydalaniladi: harakat obrazini namoyish etish, amaliy qo‘llanma, foto, kino lavhalar, video tasvirlar, rasmlar, mashg‘ulotlar, musobaqalarda bo‘lish va boshqalar.
Og‘zaki bayon uchun ma’ruzalar; hikoyalar; suhbatlar; kitoblar va boshqalardan foydalaniladi.
b) Olingan bilim tegishli ko‘nikma bilan boyitiladi. Ko‘nikma yangi harakatni mayda-chuydalariga e’tibor bergan holda avtomatik ravishda emas, balki to‘g‘ri bajarish qobiliyatidir. Ko'nikma yod olish yordamida tarbiyalanadi. Yod olish jarayoni o‘qituvchining o‘quvchi bajarishi kerak boigan harakatni ko‘rsatish va tushuntirishni ko‘zda tutadi. Shuni ham aytish kerakki, bu harakat o‘qituvchi kuzatuvida bajariladi.
Ko‘nikmani tarbiyalash ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:
- harakat to’g‘risida bilimni xabar qilish;
- kurashchining harakatni bajarishi.
d) O‘rganilayotgan usulni, ko‘nikmani ko‘p marta qoilash, uniavtomatik ravishda bajarishga olib kelishi mahoratga aylanadi. Bu o'quvchiga usulning mayda-chuydalariga qaratilgan e’tibomi bo‘shashtirish imkonini beradi. Mahorat mashg‘ulotilar yordamida shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, o‘qish jarayonida mahoratni shakllantirish vazifasi qo‘yilsa, buning uchun mashg'ulot uslubi tanlanadi. Mashg‘ulot jarayoni yod olish bilan boshlanadi. Shunday ekan, mahoratning shakllanishi uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
- bilimni xabar qilish;
- ko‘nikma hosil qilish;
- mahoratni shakllantirish.
Mahoratning takomillashuvi darajasini nazorat qilish musobaqalarda amalga oshiriladi.
Mahorat «harakatning bir xillik sur'ati» «harakat dinamik stereoyo‘li» sifatida fiziologik belgilanishga ega ekan, shu asosda mashg‘ulotning asosiy uslublari belgilanadi.
1. Stereolizatsiya, avtomatizatsiya yoki mahoratni mustahkamlash uslubi-mahoratni mustahkamlash standart sharoitlarda harakat ishlarini qilish yordamida bajariladi.
2. Mahorat jo‘shqinligini (dinamizmi) o‘zgartirish yoki takomillashtirish uslubi. Mahoratni takomillashtirish ikki yoida bolishi mumkin: sportchi imkoniyatlarini (texnik, taktik, jismoniy va ma’naviy-irodaviy) o‘zgarishi va usullami bajarish sharoitining (ag‘natish faktori) o‘zgarishi.


Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə