Mavzu: sport pedagogik mahoratni oshirish


Dzyudo texnikasi klassifikatsiyasi (Waza)



Yüklə 3 Mb.
səhifə5/6
tarix19.04.2023
ölçüsü3 Mb.
#106212
1   2   3   4   5   6
Sport pedagogik mahoratni oshirish (2)

Dzyudo texnikasi klassifikatsiyasi (Waza)
Dzyudo texnikasi asosan ikkita katta guruhga bo‘linadi. Ular bellashuv jarayonida raqibni mag’lub etish va unga qarshi texnik usul qo‘llash nuqtai-nazaridan tasniflanadi. Odatda bu tasnifni Kano tasnifi ham deb ataladi. Dzyudo texnikasi quyidagi tasnifga ajratiladi: Nage Waza – tik turib uloqtirish texnikasi va Katame Waza – yotgan holatda (parterda) usul bajarish texnikasi. Ushbu tasnif 1882 yilda dzyudo asoschisi Dzigaro Kanoning chuqur izlanishlaridan so‘ng amaliyotga tatbiq etilgan. O‘z navbatida ushbu tasnif ham bir qator kichik guruhlarga ajratiladi. Quyida ularni ko‘rib chiqamiz. Nage Waza: Te-Waza, Koshi-Waza, Ashi-Waza, Mae-sutemiWaza, Yoko-sutemi-Waza. Katame Waza: Osaekomi-Waza, Shime-Waza, KansetsuWaza. Bu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, dzyudoda shunday bir usullar tasnifi mavjudki, ushbu tasnifga kiruvchi texnik usullar musobaqalarda qo‘llanilmaydi. Bu toifadagi usullar qo‘l (16ta) va oyoq (6ta) bilan beriladigan jami 22 ta zarbalardan iborat bo‘lib Atemi-Waza deb nomlanadi. Quyida har ikkala tasnif ta’riflangan bo‘lib, ularni taqqoslash mumkin. Nage Waza – tik turib uloqtirish dzyudoda juda muhim texnik usullardan sanaladi. Masalan, muallifning shaxsiy kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, turli vazn toifalarida tik turib va parterda bellashuv olib borish nisbatlari sezilarli darajada farqlanadi. Vazn toifalari o‘zaro xarakterli bo‘lgan vaznlar birgalikda hisoblanganda turli tasnifga doir bo‘lgan texnikalarda katta farqlar kuzatilgan. Ta’kidlash kerakki, murabbiylar asosiy e’tiborini tik turib bellashuv olib borishga qaratishayotgani va natijada dzyudochilar tik turib uloqtirish usullarini qo‘llashga harakat qilmoqdalar. Katame Waza – parter holatida bellashuv olib borish ham o‘ziga xos asoslarga ega. Bunda dzyudochi tanasi gorizontal holatda bo‘lib, usulni bajarish va raqibni taslim etishga bo‘lgan yondashuv o‘ziga xos ravishda amalga oshiriladi. Parterda bellashuv olib borishda dzyudochi uloqtirishdan farqli ravishda raqib yelka qismini tatamiga bosib turishi (Osaekomi Waza), uning yelka kamari bo‘g’inlariga o‘g’riq berishi (Kansetsu Waza) yoki uni bo‘g’ishi mumkin bo‘ladi (Shime Waza). Bu ususllar maxsus qoidalargabinoan amalga oshiriladi, albatta. Quyida dzyudo texnikasi klassifikatsiyasi haqida ma’lumot olish mumkin.

Dastlabki tasniflashtirish asosida tasniflashning kelgusi, istiqbolli va yangicha yondashuvlari amalga oshirildi. Turli mutaxassislar tomonidan dzyudo texnikasi muayyan asoslarga tayanilgan xolda tasniflandi. Shunga qaramay “Kano klassifikatsiyasi” boshqa tasniflar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə