Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


– Mavzu: Yoshlarni daromad topishga va o’z-o’zini bandligini ta’minlashga o’rgatish



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə10/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

22 – Mavzu: Yoshlarni daromad topishga va o’z-o’zini bandligini ta’minlashga o’rgatish
Yoshlarning ish bilan bandligi va ularni professional faoliyatga tayyorlash
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan alohida ahamiyatga ega. Dunyoning hamma erida yoshlar orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kuzatilmoqda. Bu hol ma‘lum darajada yoshlarning o‘z xulq-atvor xususiyatlari bilan bog‘liq: birinchi ish joyida ish haqi yuqori bo‘lmasligi sababli ular muqim ishlab qolishdan moddiy manfaatdor bo‘lmaydilar; barqaror daromad olishga undovchi sabab yo‘q bo‘lib, ushbu vaziyat yoshlarni ota-onalari ko‘pchilik hollarda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari bilan bog‘liq va hokazo. Buning ustiga ular ko‘pincha o‘zlarining dastlabki mehnat tajribalarini muayyan ishda emas, balki ish joylarini o‘zgartirish yo‘li bilan professional faoliyatning har xil turlarida orttirishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, yoshlarning ish bilan bandligi asosan ish beruvchilarning munosabati bilan belgilanadi — kon‘yunktura yomonlashgan har bir holatda ular, eng avvalo, malakasi hammadan kam va tajribasiz bo‘lgan yosh xodimlarni qisqartiradilar. Yoshlarning ish bilan bandligiga ijtimoiy-iqtisodiy, xududiy va
demografik jarayonlarning ta‘sirini tahlil etishdan avval yoshlar toifasiga aniqlik
kiritish talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Karimov I.A. ―Bizning eng katta kuch-qudratimiz manbai bu – barcha tabiiy boyliklarimizni ishga solishga, buyuk ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan betakror ma‘naviy merosdan, jahondagi taraqqiy topgan davlatlarning intellektual boyligi va
tajribasidan oqilona foydalanishga tayyor bo’lgan, bir so’z bilan aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida tarbiya topayotgan, hech kimdan kam bo’lmaydigan yosh avlodimizdir"2 , deb ko’rsatgan. Yoshlar jamiyatining alohida guruhi sifatida tadqiqotning murakkab ob‘ekti hisoblanadi. yosh avlod muammolari bilan amalda insonni o’rganuvchi barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar – jumladan, fiziologiya, sotsiologiya, demografiya, statistika shug’ullanadi. yoshlarning shakllanishi va rivojlanishi 2 Каримов И.А.Ватанимизга,халқимизга садоқат билан хизмат қилиш – олий саодатдир.-Т.: ―Ўзбекистон‖,2007. –Б. 18.19 qonuniyatlarini tadqiq etishning muayyan nazariy modelini alohida ilmiy
yo’nalish – yuvenologiya orqali ishlab chiqishga harakat qilinmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlari tarkibida hamda ishlab chiqarish munosabatlarida yoshlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarining o’rni va roli iqtisodiy nazariya va iqtisodiy sotsiologiya tomonidan tadqiq etiladi.

Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə