Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish usullari



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə11/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish usullari,
vositalari va tadbirlari muayyan davrdagi u yoki bu mamlakatdagi yoshlar ish
kuchiga talab va taklif bilan bog’liq iqtisodiyo va ijtimoiy muammolarning tavsifi va keskinligi bilan belgilanadi. Zamonaviy jamiyat uchun mehnat bozorini tartibga solishni hayotiy muhimligi uni rivojlanishi uchun davlat joriy xarajatlarining ko’lami orqali namoyon bo’ladi. Faqat mehnat bozori doirasida ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun g’arb davlatlarida har yili yalpi milliy mahsulotning 2-3 %i
miqdorida mablag’lar ajratiladi. Yoshlar mehnat bozorini tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini amalga oshirishda uning quyidagi elementlari qatnashadilar: mehnat bozoriga omillar orqali ta‘sir qiluvchi sub‘ektlar, ob‘ektlar, shakllar, usullar va vositalar. Yoshlar mehnat bozorini tartibga solishni ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi mazkur bozorni faoliyat ko’rsatishini belgilaydigan iqtisodiy,
institutsional, tashkiliy, ijtimoiy-psixologik va demografik omillarning hamma
jabhalarini qamrab oladi.

Institutsional omillarga, eng avvalo, yoshlar mehnat bozorini shakllantirishning huquqiy bazasini yaratish kiradi. Mamlakatda ―O’zbekiston
Respublikasida yoshlarga doir davlat siyosati to’g’risida‖, ―Ta‘lim to’g’risida‖ qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mavjud bo’lsa ham, bugungi kunda yoshlar mehnat bozoriga doir maxsus huquqiy hujjat ishlab chiqilishi va qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo’lardi. Mazkur qonunda yoshlarning ish bilan bandligini ta‘minlash maxsus jamg’armasini tashkil etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan ish bilan bandligini ta‘minlashga oid dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tamoyillari o’z ifodasini topishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik omillar yoshlarni kasbga yo’naltirish,ularning kasbiy tayyogarligi, mehnat faoliyatiga ko’niktirish, ishni ta‘lim olish bilan qo’shib olib
borish imkoniyatlarini yaratish kabi masalalarni qamrab oladi. Bu haqda keyingi
boblarda batafsil so’z boradi. Tashkiliy omillar hududiy ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi markazlar faoliyati bilan bog’liqdir. Ular yoshlarni mazkur xududda mavjud bo’sh ish o’rnilari to’g’risida tezkor xabardor qilib borishlari, ishsiz yoshlarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini, jumladan zarur hollarda ularni yangi kasblarga o’qitishlari, ijtimoiy ishlarga jalb qilishlari talab etiladi.

Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə