Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə9/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to‘liq amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o‘tishimiz lozim.
1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko‘prog‘i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo‘lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to‘g‘ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to‘g‘ri kelmoqda. 
Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. 
Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko‘rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o‘rinlari samaradorligi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o‘rnini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichni hozirgi o‘sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin.
3. Kichik bisnes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (jami kichik biznes sub'yektlarining 26,7%i yoki 63,7 mingta sub'yekt). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 20,2%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 69,4% ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin, bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi. 
4. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p sub'yekt Toshkent shahrida (22,6%), Toshkent (9,6%), Farg‘ona (8,8%) va Andijon (8,7%) viloyatlari o‘z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to‘rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sirdaryo (3,2%), Navoiy (3,3%) va Jizzax (4,2%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda.
Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin.
Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega.
Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yarat
* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdani Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risidagi qarori.
** O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni.

Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə