Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


– Mavzu: Kam foizli kreditlar va subsidiyatlar



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə14/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

24 – Mavzu: Kam foizli kreditlar va subsidiyatlar
Subsidiya (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli S.lar bevosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita S. deb ataladi. S. davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. S.lar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga S. berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham S. oladi.
Subsidiya olish uchun qanday ma’lumotlarni taqdim etish kerak?
pasport;
oila a’zolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo‘lganda) va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo‘lsa) nusxasi;
nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to‘g‘risida FHDYO organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo‘yicha) nusxasi;
ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza yakunlari bo‘yicha talabgorga ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro o‘zining tanloviga ko‘ra, subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablag‘ shaklida olishi mumkin bo‘ladi.



Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə