Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə12/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

Iqtisodiy omillar hududda ishlab chiqarish kuchlarining, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilikning rivojlantirilganligi, investitsiya faolligiga taalluqlidir.
Demografik omillar mamlakat hamda uning hududlarida aholi soni, uning tabiiy o’sishi mehnat resurslari, iqtisodiy jihatdan faol aholi miqdoriga bevosita ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan biridir. Demografik muhit ta‘siri ostida mehnat bozori sub‘ektlari: yollanma ishchilar va ish beruvchilar shakllanadi. Uning holatiga mehnat bozorining miqdoriy ko’rsatkichlari, xususan, ishchi kuchi taklifi bog’liq. Boshqa muhitlarning ta‘siri mehnat bozorini va iqtisodiyotni rivojlanish darajasini xarakterlaydi.
23 – Mavzu: Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar
Yangi O’zbekiston yoshlari — mamlakatni modernizatsiya qilishga qaratilgan jadal va keng ko‘lamli islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi va faol ishtirokchisi bo‘lib maydonga chiqmoqda. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishlari uchun zamon talablaridan kelib chiqib, yangi-yangi tashabbuslar, izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq qilib kelinmoqda.
Joriy yilning 13 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Zamonga munosib bo‘lib ishlash kerak – davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini ushbu so‘zlar bilan boshladi.
Yig‘ilishda davlat rahbari ko‘pchilik quyi bo‘g‘indagi rahbarlar masala mohiyatini tushunmayotgani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha natijalardan mutlaqo norozi ekanini qayd etib o‘tdi. Belgilangan vazifalar ijrosi, vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari yoshlarga oid ishlarni qanday tashkil etgani ko‘rib chiqildi.
Videoselektorda yoshlarimizga yana ko‘plab imkoniyat va qulayliklar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Respublika bo‘yicha 120 ta IT-markazini 4 mingga yaqin “Yoshlar daftari”ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoshlarni kelgusida biznes boshlashi uchun kompyuterlar bilan ta’minlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuterlar xaridi uchun Mikrokreditbank, Aloqabank va Xalq banki kreditlar ajratadi, ularning foiz xarajatlari to‘liq budjetdan qoplab beriladi. Ya’ni, kredit foizsiz beriladi.
Shuningdek, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xarajatlari budjetdan to‘lab beriladi. “Yoshlar daftari”ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatining bir qismi qoplanadi.

Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə