Mavzu: Tadbirkor uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar – Mavzu: O’z o’zini band qilish


Yoshlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim omil bo‘ladi



Yüklə 41,88 Mb.
səhifə13/22
tarix14.06.2023
ölçüsü41,88 Mb.
#117215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
tikuvchi biznes ma\'ruza

Yoshlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim omil bo‘ladi.
Yig‘ilishda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etish vazifasi qo‘yildi. Bu tizimda xalqqa ham, tashkilotlarga ham ma’qul bo‘ladigan bir qancha imtiyozlar belgilandi.
Ya’ni, joriy yilning 1 iyundan boshlab, “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda, ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Shuningdek, birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazi bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga 1 maydan boshlab davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi. Ijaraga bino olib, o‘z biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi, xodimlari sonining kamida 70 foizi “yoshlar daftari”ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi.
Videoselektorda shuningdek, har bir mahalla va xonadonni sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish uchun malakali o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Buning uchun sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning davomi sifatida joriy yilda qo‘shimcha 20 minggacha o‘rta tibbiyot va ijtimoiy xodimlar shtatini tashkil etish hisobiga minglab yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishi belgilandi.
Shuningdek, yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash va rektorlarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish borasida ham davlatimiz rahbari tomonidan qator tashabbuslar ilgari surildi. Mahallabay, xonadonbay ishlash lozimligi, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida, yoshlar jinoyatchiligini jilovlash borasida aniq vazifalarni belgilab berdi.
Yuqorida belgilab berilgan tashabbuslarni joylarda, eng chekka hududlarda ham to‘laqonli ijro etilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faol ishtirok etib, parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatamiz.
Oʼzbekiston aholisining soni 33 millionga yaqin. Ularning 17 milliondan ortigʼini yoshlar tashkil etadi. Shu bois yoshlar masalalariga davlat siyosati darajasidagi eʼtibor yigit-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faoliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, yosh avlodning har jihatdan yetuk, jismonan sogʼlom, intellektual salohiyatli, maʼnan barkamol ulgʼayishi uchun, shuningdek yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha ragʼbatlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaratilayotgan sharoitlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlatimiz rahbarining «Oʼzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilishi hamda uning asosiy yoʼnalishlaridan biri sifatida yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishni taʼminlash, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish, yoshlar faoliyati bilan bogʼliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʼor texnologiyalarni jalb qilish boʼyicha zarur choralar koʼrish etib belgilanganligi, hozirgi kunda yoshlarni iqtidorli va salohiyatli kamol toptirish, kelajakda yetuk mutaxassis boʼlib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi namoyondir.
Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Аna shu haqiqatni chuqur anglagan holda, biz yoshlar ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan barkamol boʼlib voyaga yetishimiz uchun davlatimiz tomonidan bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etilmoqda. Bir soʼz bilan aytganda, yoshlar bilan ishlashning dunyodagi hech bir davlatda muqobili boʼlmagan tizimi yaratilmoqda.
Tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi yurtimiz yoshlarni bir maqsad yoʼlida birlashtiruvchi, ularni har biri Oʼzbekiston taqdirini belgilashda oʼz oʼrniga ega avlod sifatida yetishishi uchun qoʼllab-quvvatlashi kerak.


Yüklə 41,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə