Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə6/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
mavzu

1

1

Ichki va tashqi muhit omillarini tadqiq qilish




O‘zining bozor imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish

1

1

Tovar bozori holatini va rivojlanishini o‘rganish




Tovar ishlab chiqarish bo‘yicha holisona qaror qabul qilish

1

1

Talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarnn aniqlash va ularni tahlil qilish




Sotish va narx siyosatini shakllantirish

1

1

Kerakli assortiment va tovar sifatiga bo‘lgan talablarni aniqlash




Iste’molchilar qiziqishi va talablarini qondirish

1




Tovar ta’minotchilari bilan doimiy va ishbilarmonlik aloqalari




Tovar bilan ta’minlashning tranzit va ombor shakllarini tashkil




o‘rnatish




qilish

1




Bozor munosabatiga qaratilgan savdotexnologik jarayonni tashkil etish




Tovar sotishda izchillikni, rejalilikni va barqarorlikni ta’minlash

1

i r

Reklama tadbirlarini amalga oshirish




Sotilayotgan tovarlarga qiziqishni oshirish

1




Firma obro‘sini shakllantirish




Do‘konlarda o‘ziga xoslik yaratish




  1. chizma. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi

Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro manfaatli aloqalar moddiytexnika ta’minotining etakchi shakli bo‘lib qoldi. «O‘zulgurjibirjasavdo» uyush- masi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini oldisotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi 14 ta hududiy tijoratvositachilik aksiyadorlik kompaniyalari, aksiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aksiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank» aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direksiyasi mavjud.
Tovar olib sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olibsotish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o‘xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o‘rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o‘rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o‘tkazish zarur.
Umumiy ko‘rinishda marketing tijorat korxonalari va firmalari xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing savdo korxonalari faoliyatini kompleks boshqarishga mo‘ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o‘rganiladi, tovar iste’molchiga etkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo‘lga qo‘yiladi. SHu erda savdo korxonasiga bir-biri bilan ikki bog‘liq talab qo‘yiladi, ya’ni iste’molchilarning o‘zgaruvchan harakatiga o‘rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo‘lgan an’anaviy tovarlar tashkil qiladi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o‘rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funksiyalarini o‘z ichiga oladi.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model dasturini oddiy -chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin. (3-chizma).
Agar bozorning dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo‘layotgan bo‘lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan Biznes-rejani va bo‘lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: savdovositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo‘lgan omborxona, baza, savdo do‘konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
vositachilik faoliyati ko‘rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to‘lash;
bitimda ko‘rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun kerak bo‘lgan axborotni to‘plash yoki sotib olish; tovarni haridorga sotish;
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to‘lovlarni to‘lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog‘liqdir. YAkunida Biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo‘lib, ko‘p muddatga cho‘zilsa, ishni bajarish reja -jadval ini tuzish tavsiya etiladi.

  1. Moliyaviy tadbirkorlik

Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi maqom bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki - aksiyador turdagi moliyaviy kredit muassasasi bo‘lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko‘rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko‘rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‘lari o‘rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‘larni jalb etish), aktiv (mablag‘larni joylashtirish), komissionvositachi (komission to‘lovlari bo‘lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo‘linadi.
Tijorat banklari mablag‘larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to‘lash bilan bog‘liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo‘ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo‘lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O‘zbekistan Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o‘tkazish to‘liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o‘rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o‘tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo‘jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob- kitob xizmati ko‘rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to‘la mustaqildir. O‘z resurslari etmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin.
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks ettiradi.
SHu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kreditmoliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham fond birjalari o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Andijon» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovarfond birjasi tarkibidagi fond bo‘limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bo‘lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog‘ ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ko‘rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo‘lib, 2030 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo‘lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog‘ozlar «Andijon» respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamg‘arma sertifikatlari chiqarildi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do‘konlari tarmog‘i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 taga etdi.
1995 yilda «Andijon» fond birjasi EvropaOsiyo fond birjalari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Maslahat tadbirkorligi

Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə