Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə4/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
mavzu

Venchur biznesi. Gap innovatsion tadbirkorlik haqida ketganda, venchur Biznesi haqida tasavvur hosil qilish katta ahamiyatga egadir.
Venchur Biznesi keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal Biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Venchur Biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish bilan bog‘langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. YA’ni ma’lum tavakkalchilik mavjud. YAngi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi ilmiytexnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo‘lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog‘liq.
SHuni ta’kidlash kerakki, kichik korxonalar innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Venchur Biznesi o‘zining egiluvchanligi bilan innovatsion ishbilarmonlikning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.
Venchur Biznesi tavakkalni o‘zaro bo‘lish tamoyiliga asoslanadi. Bu esa mablag‘i bo‘lmagan g‘oya mualliflariga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga imkon tug‘diradi.
Venchur Biznesi dastlab AQSHda yuzaga kelib, keyinchalik keng rivojlanib ketdi. Har bir kichik innovatsion Biznesning moddiy va moliyaviy imkoniyati ilmiytexnika bazasi jihatdan cheklangan bo‘lib, davlat ko‘magiga muhtojdir. AQSHda kichik innovatsion Biznes- ga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kichik Biznes- bevosita federal byudjetidan moliyalashtiriladi, vazirlik va muassasalar doimiy ravishda ular bilan shartnoma tuzadilar. AQSHda venchur Biznesida tuzilgan kompaniyalarning aksiyalari imtiyozli narxlarda innovatsion firmalarga sotilib, ulardan olgan mablag‘larni o‘z g‘oyalarini joriy etish uchun ishlatadilar.
O‘zbekistonda ham venchur Biznesi rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Birinchi navbatda, bu qimmatbaho qog‘ozlar bozori mavjudligidir. Keyinchalik, intellektual mulk bozoriga chet el firmalari kirib keldi. Ular mamlakatdagi innovatsion loyihalarga investitsiyalar olib kelmoqda. O‘zbekiston ishbilarmonlari ham o‘z navbatida venchur Biznesiga katta qiziqish bilan qaramoqdalar.
Bularning barchasi venchur Biznesi bizning mamlakatda endi rivojlanayotganligidan dalolat berib, kelajakda innovatsion Biznes- rivojlanib ketishiga turtki bo‘ladi.

  1. Tijorat tadbirkorligi


Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə