Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə2/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
mavzu

1-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo‘lib, bir-birini to‘ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovatsion, ilmiytexnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko‘rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. SHu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug‘ullanadi. Tovarga bo‘lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potensial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo‘lajak xaridorlar o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. SHu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og‘zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. SHakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og‘zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo‘lib, kerak bo‘lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og‘zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olishdir.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o‘z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o‘lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbobuskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko‘priklar, neft quduqlari, ko‘mir koni qatlamlari va shunga o‘xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug‘ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo‘lib ishchi mashinalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun kerak bo‘lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil qiladi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsul otlari (ruda, neft, ko‘mir, gaz va boshqalar), qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xom ashyoni tashkil qiladi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o‘tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo‘lajak tayyor mahsulot (temir, yog‘och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bo‘yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi. Asbobuskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbobuskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo‘lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. YArim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o‘zida tayyorlangan turlariga bo‘linadi. YArim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo‘lmagan bo‘lib, uni boshqa sex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo‘lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o‘z ishchi joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo‘linmasiga berilmay, shu sexning o‘zida qiyomiga etkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to‘xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsul otlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanishbilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to‘playdi.

Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə