Mavzu: Talab va taklif, bozor munosabati


Taklif tushunchasi va taklif qonuni



Yüklə 18 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü18 Kb.
#161697
1   2   3   4   5   6
talab va taklif

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Taklif

Taklif tushunchasi va taklif qonuni

  • Iste’molchilar molni sotib olishlari uchu avvalo bu mollarni ishlab chiqarish kyyerak. Mollarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazib berish esa ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarining sotilishi o’zgarishiga, eng avvalo narxlarning o’zgarib turishiga qanday munosabatda bo’lishlari bilan bog’liqdir. Bu esa taklif qonuni asosida amalga oshadi.
  • Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotish hohishi bo’lgan mollar va xizmatlar miqdoridir. Taklif – ishlab chiqaruvchilarning bozorda sotishga hohishi bo’lgan mollardan qancha va qanday turlarda ishlab chiqarilganligini ko’rsatadi. Mollar taklifiga texnika taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchilarning monopol hukmronligi, mollar bahosida bo’ladigan o’zgarish kabilar ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham taklifni ko’tarilib (yoki pasayib) boruvchi o’q tarzida ifodalash mumkin.

Taklif

  • Bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar o’z mollarini yuqoriroq bahoda, ya’ni qimmatroq sotishga harakat qiladilar. Shuning uchun ham sotuvchilar o’z mollariga imkon chegarasidagi eng quyi bahoni belgilaydilar. Bundan past baho esa bu mollar ishlab chiqarishni samarasiz qilib qo’yadi. Umuman, taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan ularning miqdori o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud bo’lib, bahoning o’sishi bilan taklif hajmi ortadi va bahoning pasayishi bilan taklif hajmi kamayadi. Baho bilan taklif o’rtasidagi bunday bog’liqlikni taklif qonuni deyiladi. Taklif qilinayotgan mollarning bozor bahosi bilan bu mollar miqdori o’rtasidagi munosabat taklif egri chizig’i deyiladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin. Taklif hajmiga bahodan tashqari bir necha omillar ta’sir ko’rsatadi: resurslarga baholarning o’zgarishi (minyyeral o’g’itlarga baholarning pasayishi bunday taklifni oshiradi), texnologiyalarning o’zgarishi (makkajo’xori zararkunandasiga qarshi kuchli vositaning ishlab chiqarilishi makkajo’xori taklifini oshiradi), soliqlarda va dotatsiyalardagi o’zgarishlar (sigaretalarga bo’lgan aksiz solig’ining oshishi uning taklifini qisqartiradi), boshqa tovarlar baholarining o’zgarishi (qo’y va cho’chqa go’shti baholarining pasayishi mol go’shti taklifini oshiradi) va boshqalar.

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə