Mavzu: Talab va taklif elastikligi Kirish


Talab tushunchasi va talab qonuni.Taklif tushunchasi va taklif qonuni



Yüklə 303,17 Kb.
səhifə2/10
tarix23.12.2023
ölçüsü303,17 Kb.
#156304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu

1. Talab tushunchasi va talab qonuni.Taklif tushunchasi va taklif qonuni

Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.


Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi.
Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi.
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi.

Yüklə 303,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə