Mavzu: Tarbiyada ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar va ularning ahamiyati Reja Kirish I bob tarbiyada ijtimoiy ong shakllari


II BOB Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ahamiyati



Yüklə 170 Kb.
səhifə5/8
tarix15.06.2023
ölçüsü170 Kb.
#117308
1   2   3   4   5   6   7   8
II BOB Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ahamiyati
2.1. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metod turlari.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Ular yordamida o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.


Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda ko‘p ishlatiladigan usul bo‘lib, u orqali o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasining mohiyati tushuntiriladi.
Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning dolzarbligi, sinf o‘quvchilariga mosligi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatini hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:
Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigienik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. Suhbat davomida o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari, mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydi. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boyliklar, qahramonlar hayoti va jasorati, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, ommaviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda barcha ijobiy axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. O‘qituvchining shaxsan namuna bo‘lishi yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladi. O‘zgalarning xulq-atvorlari bolalarda yaxshi, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalar so‘z va amaliy harakatlarida tafovut bo‘lmasligini ta’minlashlari kerak. Ilg‘or kishilarning hayoti, faoliyatidan olingan ma’lumotlar, badiiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelgan.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə