Mavzu: Tarbiyada ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar va ularning ahamiyati Reja Kirish I bob tarbiyada ijtimoiy ong shakllari


Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari –



Yüklə 170 Kb.
səhifə6/8
tarix15.06.2023
ölçüsü170 Kb.
#117308
1   2   3   4   5   6   7   8
Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar hisoblanadi. Odatlar bolalikdan tarkib topib, keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati o‘sadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
Odatlantirish tarbiyalanuvchilarda ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisi bo‘lib, harakatlarni ko‘rsatib berish va tushuntirishni talab etadi.
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning bir necha xili mavjud: 
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, u bilan bog‘liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatadi. Maxsus mashqlar xulqiy ko‘nikma, malakalarni hosil qiladi.
Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari, tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi (to‘xtatuvchi), o‘quvchini ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə