Oylik mavzu: G‘aroyib olam. Mavzu: Kitobim-oftobim. (Katta va tayyorlov guruhlar uchun). Ta’limiy maqsad



Yüklə 129,74 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü129,74 Kb.
#107402
  1   2   3
kitobim-oftobim-nomli-mashgulot-ishlanma (Lotincha)


Oylik mavzu: G‘aroyib olam.
Mavzu: Kitobim-oftobim.
(Katta va tayyorlov guruhlar uchun).
Ta’limiy maqsad: Bolalarni kitob tarixi bilan tanishtirish, turli janrdagi kitoblar va turli xildagi qog‘ozlar haqida tushuncha berish. Mustaqil fikrlab, lug‘at boyligini o‘stirish va kichik hikoyalar tuzish. Faol muloqotga kirishish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda kattalar mehnatiga nisbatan hurmat xissini uyg‘otish. Kitobdagi qaxramonlarning hatta-harakatiga qarab ularga baho bera olish. Qiynalganlarga ko‘mak berish xislarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarga kitob bilan do‘stlashish, kitobga bo‘lgan mehr, uni avaylash va qadrlash xislarini, o‘qish va yozishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish. Qo‘l motorikasini, rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid suratlar, mulьtimedia qurilmalari, Har xil turdagi qog‘ozlar(A4 formatdagi oq qog‘oz, rangli va karton qog‘ozlar, qum qog‘oz, shildiroq qog‘oz, bosma qog‘ozlar, hojatxona qog‘ozi), qalamlar, flomaster, elim, ip, suv, choy qoshiq va likopcha va salfetka, keraksiz bo‘lgan bo‘yaladigan kitobcha(raskraska)ning rangli rasmlari, qaychi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar kayfiyatingiz yaxshimi? Keling siz bilan bir o‘yin o‘ynaymiz. O‘yin qoidasini tushuntiraman. Avvalo qizlar va o‘g‘il bolalar alohida 2ta doira xosil qilamiz. Kichik doiradagi qizlar birma-bir ijobiy ertak qaxramonlari nomlarini, o‘g‘il bolalar esa salbiy ertak qaxramon nomlarini aytishib, qo‘l ushlagan xolda zanjir xosil qiladilar. Qayta aytgan yoki 3gacha sanaguncha ayta olmagan bola o‘yinni tark etadi. Kelishdikmi?
Bolalar: Ha.
Tarbiyachi: O‘yin yoqdimi?
Bolalar:
Tarbiyachi bugungi o‘yin faoliyat mavzusi bilan bolalarni tanishtiradi va til va nutq markazi, fan va tabiat markazi, san’at va syujetli-rolli markazlarda faoliyat olib borilishi haqida ma’lum qiladi. Bolalar til va nutq markazida rasmlarga izoh berib, kartochkalar yordamida kichik hikoya yoki ertak to‘qiydilar, ilm-fan va tabiat markazida qog‘oz xususiyatlari bilan amaliy ish, tajriba o‘tkaziladi, san’at markazida kitobcha yasaladi, syujetli-rolli markazda esa “Kitob do‘koni” jamoaviy o‘yin tashkil etiladi. Tarbiyachi: Endi xoxishlaringizga kura markazlarga bo‘lining.
Bolalar istaklariga ko‘ra markazlarni tanlaydilar.

Yüklə 129,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə