Oylik mavzu: G‘aroyib olam. Mavzu: Kitobim-oftobim. (Katta va tayyorlov guruhlar uchun). Ta’limiy maqsad



Yüklə 129,74 Kb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü129,74 Kb.
#107402
1   2   3
kitobim-oftobim-nomli-mashgulot-ishlanma (Lotincha)

Til va nutq markazida .
Tarbiyachi markazda mulьtimedia vositalari yordamida prezintatsiya va video rollikni namoyish qiladi. Unda qog‘ozning yaratilish jarayonlari to kitob xoliga kelgunga qadar faoliyat namoyish qilinadi. Tarbiyachi ko‘rsatilganlar haqida bolalarga savol beradi.
Tarbiyachi: Video nima haqida ekan?
Bolalar:
Tarbiyachi: Qog‘oz nimadan tayyorlanadi?
Bolalar:
Tarbiyachi: Kitob yaratish uchun qanday maxsulotlardan foydalanamiz? Bolalar:
Tarbiyachi: Qanday kitob turlarini bilasiz?
Bollar:
Tarbiyachi: Barakalla bolalar, endi mana bu rasmlarga qarab izoh berib, har biringiz mustaqil kichik hikoya yoki ertak to‘qing.
Tarbiyachi bir nechta turli xildagi rangli rasmlarni bolalarga taqdim etadi.(Tarbiyachi esa boshqa markaz tomon yuradi.)
San’at markazida:
Markazda stol ustiga har xil turdagi qog‘ozlar(A4 formatdagi oq qog‘oz, rangli va karton qog‘ozlar), qalamlar, flomaster, elim, ip, keraksiz bo‘lgan bo‘yaladigan kitobcha(raskraska)lar, qaychi.
(Hayot xafsizligi qoidalariga rioya qilish.)
Tarbiyachi: Bolajonlar stolingiz ustiga qo‘yilan keraksiz, bo‘yalib bo‘lingan raskraskalarning rangli rasmlaridan qirqib, kichik kitobchani yasaysizlar Bunda sizning ijodkorligingiz juda muxim axamiyatga ega. YAsagan ijodingizga izoh berasiz. Tushunarlimi?
Bolalar:
Tarbiyachi: Qani unda ishga kirishing.
Ilm-fan va tabiat markazida:
Markazda stol ustiga har xil turdagi qog‘ozlar(A4 formatdagi oq qog‘oz, rangli va karton qog‘ozlar, qum qog‘oz, shildiroq qog‘oz, bosma qog‘ozlar,hojatxona qog‘ozi), qalamlar, flomaster, elim, ip, likopchada suv, choy qoshiq, ta’mirtalab kitoblar , qaychi, qo‘lni artish uchun nam salfetka qo‘yilan.
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga savol, qog‘ozning tabiatda necha turlarini uchratgansiz?
Bolalar: Oq qog‘oz.
Bolalar:Rangli qog‘ozlar.
Bolalar: Karton qog‘oz.
Tarbiyachi: Barakalla. Mening qo‘limda yana boshqa qog‘oz turlari ham mavjud. Mana bu qum qog‘oz, buni asosan dadalarimiz mashinalarining ehtiyot qismlarini tozalash uchun va onajonlarimiz uy-ro‘zg‘or buyumlarini, qozon-tovoqlarni tozalash uchun foydalanadilar. Qum qog‘ozni ushlab, paypaslab ko‘ring. Nimalarni xis qildingiz? Oddiy qog‘ozdan farqi nimada?
Bolalar: Bu qog‘oz oddiy qog‘ozdan ancha dag‘al va qattiq.
Tarbiyachi: Unda nimalarni ko‘ryapsiz?
Bolalar: Unda mayda qum zarrachalari mavjud.
Bolalar: Ko‘rinishidan qog‘ozga o‘xshamaydi, rangi ham to‘q rangda.
Tarbiyachi: Qum qog‘ozga yozish yokish chizish mumkinmi?
Bolalar: Dag‘alligidan bu qog‘oz turiga rasm chizib yoki yozib bo‘lmaydi.
Bolalar: Faqat kattalarning foydalanishlari uchun kerak bo‘lar ekan.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, to‘g‘ri javob berdingiz. Ana endi keyingi qog‘ozni sizlarga ko‘rsataman. Mana bu shildiroq qog‘ozni nimalarda uchratgansiz?
Bolalar: Konfet va shokoladlarda .
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri, aynan siz sevib iste’mol qiladigan shirinliklaringiz muqovasi ichida mana shunday yaltiragan shildiroq qog‘ozlar mavjud . Bilasizmi bu nima uchun kerakligini?
Bolalar: Yo‘q.
Tarbiyachi: Unda meni diqqat bilan tinglang. Bu qog‘oz maxsulotning sifatiga, qotib qolishiga, aynib qolmasligiga, sevimli shirinligingizning issiqda eriganda muqovasiga o‘tib ketmasligiga va nihoyat sizning barmoqchalaringiz shirra bo‘lmasdan iste’mol qilishingizda muxim axamiyatga ega.
Tarbiyachi: Va so‘nggi mana bu qog‘ozni siz hali balki uchratmagandirsiz. Bu qog‘oz turini bosma qog‘oz deb ataydilar. Bosma qog‘ozning tagiga oddiy oq qog‘oz qo‘yib, bosma qog‘ozga turli ko‘rinishdagi rasmlarni bostirib chizishimiz yoki yozishimiz mumkin. Oq qog‘ozda esa biz bostirgan ko‘rinishlar paydo bo‘ladi. Bostirilgan narsaning rangi esa bosma qog‘ozimiz rangiga bog‘liq. Bunday bosma qog‘ozlar to‘q ko‘k, to‘q yashil, siyoh va qora ranglarda uchraydi. Barmoqlar yordamida paypaslab ushlab ko‘ring. Ko‘rinishi qanday ekan?
Bolalar: Ko‘rinishi to‘q rangda
Tarbiyachi: Nima uchun bu qog‘oz turini bosma qog‘oz deb ataymiz? Bu qog‘oz turiga rasm chizib, bo‘ya olmizmi?
Bolalar: Yo‘q.CHunki bu qog‘oz turidan faqatgina bostirish usuli bilan shakl xosil qilinadi.
Tarbiyachi:Barakalla, ofarin.Bergan ma’lumotlarimni yaxshi o‘zlatiribsizlar.
Ana endi sizlar bilan birgalikda barcha qog‘oz turlari ustida tajriba o‘tkazamiz. Tajribada likopchadagi bir choy qoshiq suvdan olib barcha turdagi qog‘ozlar ustidan birma-bir quyib chiqamiz va kuzatamiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar qanday xolat yuz berdi? Qaysi qog‘oz suvni o‘ziga tezroq shimib oldi?
Bolalar: Hojatxona qog‘ozi suvni o‘ziga tezda shimib oldi.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri , ammo nima uchun aynan hojatxona qog‘ozi suvni o‘ziga tezda shimib oldi?
Bolalar: CHunki hojatxona qog‘ozi qayta ishlangan maxsulot bo‘lib, u yumshoq bo‘lganligi uchun suvni tezda shimib oldi.
Bolalar: Oq qog‘oz silliq va sifatli qog‘ozdan tayyorlanganligi uchun unga suv shimilishi qiyin bo‘ldi.
Bolalar: Karton qog‘oz qalin bo‘lganligi uchun suv sekinlik bilan singdi.
Tarbiyachi:Qaysinisida esa bu xol ro‘y bermadi?
Bolalar: SHildiroq qog‘ozda. Unga suv quyilganda suv qog‘ozga singmadi va qog‘oz ustida suv donachalari paydo bo‘ldi.
Tarbiyachi: Barakalla, Bolajonlar. Endi esa sizlar bilan tajribamizni yakunlaymiz.

Yüklə 129,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə